“Ijtimoiy tarmoqlar yoşlarning bolaligini öldirmoqda“. YeI yangi taklif bilan çiqdi
Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen 13 yoşdan kiçik bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni töliq taqiqlaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasini tayyorlanişini malum qildi. Bu haqda u Yevropa Ittifoqining kelajagiga bağişlangan yillik nutqi vaqtida söz oçdi.
Fon der Lyayenning aytişiça, ijtimoiy tarmoqlar bolalarni bolalik davridan mahrum qilmoqda. Uning bildirişiça, yirik texnologik kompaniyalar öz mahsulotlarining bolalar uçun xavfsizligini isbotlaşi kerak.
Taklifga köra, 13–15 yoşdagi bolalar ota-ona nazorati ostidagi maxsus “mini akkauntlar“dan foydalanişi mumkin böladi. Bunday akkauntlarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş vaqtiga çeklovlar örnatiladi.
Şuningdek, 18 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlar, video platformalar, onlayn öyinlar, suniy intellektga asoslangan çatbotlar va boşqa raqamli xizmatlarga çeklovlar joriy etiladi. Jumladan, bolalarni platformada uzoqroq uşlab turişga qaratilgan qaramlikka olib keluvçi funktsiyalar, çeksiz lentani aylantiriş va şaxsiy malumotlarga asoslangan tavsiya algoritmlari taqiqlanişi mumkin.
Notaniş şaxslarning bolalar bilan istalmagan aloqaga çiqişiga ham yöl qöyilmaydi. Suniy intellekt çat-botlari esa bolalar uçun dastlabki holatda öçirib qöyilgan bölişi kerak. Yangi talablarni bajarmagan texnologik kompaniyalarga yillik global daromadining 6 foizigaça miqdorda jarima solinişi mumkin.
Biroq texnologik kompaniyalarni birlaştiruvçi CCIA Europe guruhi taklif şaxsiy malumotlar xavfsizligiga tahdid solişi mumkinligini bildirgan. Taşkilotning malum qilişiça, bolalar va ularning ota-onalariga oid malumotlarni keng miqyosda yiğiş kiberjinoyatçilar uçun nişonga aylanişi mumkin.
Yevrokomissiya ijtimoiy tarmoqlar böyiça rejasini bugun, 17 sentyabr kuni elon qiladi. Hujjat qonun sifatida kuçga kirişi uçun Yevroparlament va Yevropa Ittifoqining 27 ta azo davlati tomonidan maqullanişi kerak.
Ursula fon der Lyayen Yevrokomissiyaning Raqamli adolat töğrisidagi qonunini ham taqdim etişini malum qilgan. Uşbu hujjat joriy yil oxirigaça Yevroparlamentga kiritilişi rejalaştirilgan.
Qonun loyihasida foydalanuvçilarni ilovalarda uzoq vaqt qolişga undaydigan qaramlikni keltirib çiqaruvçi dizayn xususiyatlariga qarşi kuraşiş közda tutiladi. Fon der Lyayen bunday funktsiyalar barça foydalanuvçilarga zarar yetkazayotganini aytgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi 15 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlar, video platformalar, suniy intellekt çatbotlari va onlayn öyinlardan foydalanişini çeklaşni taklif qilmoqçiligi haqida xabar berilgan edi.