“Bizga tahdid qiliş şart emas”. Paşinyan KXŞT va Rossiya haqida keskin gapirdi
Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan mamlakat Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotidan (KXŞT) çiqarib yuborilişidan qörqmasligini malum qildi. U, şuningdek, Yerevan pozitsiyasini Kikos haqidagi arman ertagi syujeti bilan izohlagan. Bu haqda u bugun, 17 sentyabr kuni hukumat oldida sözlagan nutqida gapirdi.
Nikol Paşinyan Armanistonning KXŞTdan çiqarib yuborilişidan xavotirda emasligini malum qilgan. Jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Boş vazir “Kikosning ölimi” nomli arman ertagi syujetini eslab ötgan.
Hukumat rahbarining sözlariga köra, Yerevanga “taşkilotdan çiqarib yuboriş bilan tahdid qiliş kerak emas”. Siyosatçi Armanistondan “Kikosning ölimi” ertagida tasvirlangan xulq-atvorga öxşaş munosabat kutilayotganiga etibor qaratgan.
“Şunisi qiziqki, Armaniston aynan mana şunday fikrga ega bölişi kerakligi böyiça ştamplar mavjud – asosan Kikosning ölimi mantiğiga köra: (odam) sovçilikka bordi, öğil kördi, nomini Kikos qöyişdi, popukli şapka (kiydirişdi), boşidan olişdi, u toşga yiqildi – voy Kikos, voy öğlim. Bizning fikrimiz şundan iboratki, agar bizni çiqarib yubormoqçi bölişsa, çiqarib yuborişsin. Agar çiqarib yuborişni istaşmasa, çiqarişmasin”, deydi Paşinyan.
Naşr malumotlariga köra, “Kikosning ölimi” ertagida dehqon tönğiç qizini buloqdan suv olib kelişga yuboradi. Qiz buloq boşida ulkan daraxtni körib, kunlardan bir kun turmuşga çiqişini, Kikos ismli öğil tuğişini, u katta bölib uşbu daraxtga çiqişini, yiqilib toşga urilişini va halok bölişini tasavvur qiladi. Oqibatda butun oila hali tuğilmagan bola uçun janoza marosimini uyuştiradi va şundan söng yana avvalgi hayotiga qaytadi.
Uning sözlariga köra, Armaniston heç qaçon Rossiya harbiy bazasi masalasini ham kötarmagan. Şu bilan birga, u baza Armaniston xavfsizligi uçun hayotiy muhim ahamiyatga ega emasligini bildirgan.
“Bizga bu harbiy baza kerak emas. Rossiya – bizning döst mamlakatimiz. Agar ular uni olib çiqib ketmoqçi bölişsa, olib çiqişsin, ertagayoq olib çiqişsin. Agar qolişni istaşsa, biz Armaniston Respublikasida bizga kerak bölmagan bazani saqlab turiş şartlarini muhokama qilişga tayyormiz”, deydi u.
U bunday pozitsiyani “2022 yil sentyabr voqealari” bilan izohlagan. U, şuningdek, yaqin vaqtgaça baza mavzusi na armanistonlik va na rossiyalik rasmiy şaxslar tomonidan oşkora muhokama qilinmaganini urğulagan.
Qayd etiş joiz, avvalroq Nikol Paşinyan yaqin orada Armaniston YeIga azolik uçun ariza topşiriş jarayoni bilan şuğullanişini malum qilgan. Şuningdek, Armaniston hukumati rahbari mamlakatning KXŞTdan çiqarib yuborilişi mumkinligini istisno etmagan va bunday holda Yerevan taşkilotdan çiqiş masalasini mustaqil hal qilişiga hojat qolmasligini aytgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Armanistonga Gyumridagi Rossiya harbiy bazasi kerak bölmasa, Moskva harbiy obektni ertagayoq olib çiqib ketişga tayyorligini aytgandi.