Tramp Rossiyaga qarşi “dözaxiy” sanktsiyalar joriy qilmoqçi – WSJ
AQŞ Kongressi Vakillar palatasi Rossiyaga qarşi “dözaxiy sanktsiyalar” joriy etişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini köpçilik ovoz bilan maqulladi. Hujjat mamlakat Prezidenti Donald Trampga yuborilgan va AQŞ Prezidenti uni imzolamoqçi. Bu haqda ismi oşkor qilinmagan vakilga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Avvalroq, AQŞ Vakillar palatasi Rossiyaga qarşi “dözaxiy” sanktsiyalar joriy etişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini köpçilik ovoz bilan maqullagandi. Hujjatni 262 nafar kongressmen qöllab-quvvatlagan, 159 nafari qarşi ovoz bergan, 12 nafari esa ovoz berişda qatnaşmagan. Avgust oyi boşida qonun loyihasi Senat tomonidan ham maqullangandi.
Gap Amerikaning “Lindsey O. Graham Sanctioning Russia and Iran Act of 2026” qonun loyihasi haqida bormoqda. U norasmiy ravişda “dözaxiy” sanktsiyalar deb ataladi.
Loyiha Rossiya nefti va gazini sotib oladigan davlatlarga nisbatan ikkilamçi savdo çeklovlarini joriy etişni nazarda tutadi. Unga köra, AQŞga olib kiriladigan Rossiya mahsulotlariga 500 foizgaça, Rossiya nefti yoki gazini xarid qiladigan davlatlardan import qilinadigan mahsulotlarga esa 100 foizgaça boj joriy etilişi mumkin. Yakuniy variantda, xususan, Rossiya nefti va gazining beşta eng yirik importçisi ham tilga olingan.
Moskva esa sanktsiyalarni noqonuniy deb hisoblaydi. Rossiyaning AQŞdagi elçixonasi Grem nomi bilan atalgan qonun loyihasini Tramp mamuriyatiga “ayiq xizmati” deb atagan. Elçixona çeklovlar Vaşingtonning öziga ham iqtisodiy oqibatlar keltirib çiqarişi mumkinligini bildirgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin avvalroq “Sanktsiyalar qança köp bölsa, ularni joriy qilayotganlar uçun şunça yomon”, degan.
Kreml esa Rossiyaga qarşi joriy etilgan misli körilmagan miqdordagi sanktsiyalar “heç qanday tasir körsatmaganini” bildirgan. Şuningdek, heç qanday çeklovlar Moskvaning öz maqsadlarini özgartirişiga majbur qila olmasligini malum qilgan.
Bundan taşqari, bugun, 17 sentyabr kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov yangi sanktsiyalar joriy etilişi Ukrainadagi tinçlik kelişuviga erişiş yöllarini izlaşni qiyinlaştirişini aytgan.
“Biz, albatta, uşbu hujjatning körib çiqilişini kuzatyapmiz. Bu döstona bölmagan harakatlarga taalluqli va, albatta, AQŞ tomonidan qandaydir qöşimça sanktsiyalarning joriy etilişi Ukrainada tinçlik örnatiş yöllarini izlaş borasidagi say-harakatlarni albatta qiyinlaştiradi”, degan u.