SI xatosi AQŞ – Xitoy uruşiga sabab bölişiga bir bahya qoldi – CNN
Amerikalik harbiylar şu bahorda Fors körfazida suniy intellektning xatosi oqibatida paydo bölgan razvedka hisobotiga işonib, Xitoy kemasiga zarba berişga tayyorgarlik körgan. Bu haqda vaziyatdan xabardor törtta manbaga tayanib, CNN xabar berdi.
Telekanal malumotlariga köra, hisobot AQŞ va Eron örtasidagi uruş avj olgan bir paytda paydo bölgan hamda Xitoy kemasi Yaqin Şarqqa harbiy yadro dasturi uçun komponentlar taşiyotganini davo qilgan. Harbiy qömondonlik kemani tutib qoliş böyiça operatsiya tayyorlaşni boşlagan: ikki manbaning sözlariga köra, qurollangan harbiy xizmatçilar kema bortiga çiqişga tayyorlangan, havoga esa samolyotlar kötarilgan.
Hisobot faqat operatsiya boşlanişidan bevosita oldin tekşirilgan va uni maxsus qömondonlik tahlilçisi bortda qanday yuk borligini notöğri aniqlagan çat-bot yordamida tuzgani malum bölgan. Bot aynan nimani yadroviy materiallar deb qabul qilganini CNN aniqlay olmagan. Manbalardan biri hisobot butunlay yolğon bölganini, ammo deyarli uruşga olib kelişiga bir bahya qolganini aytgan, çunki Xitoy kemasiga qarşi har qanday operatsiya AQŞ va Xitoy örtasida qurolli nizoga aylanib ketiş xavfini tuğdirgan.
Qayd etilişiça, Pentagon va razvedka suniy intellektni deyarli barça jarayonlarga – ulkan hajmdagi razvedka malumotlarini tahlil qiliş va zarbalar uçun nişonlarni tanlaşdan tortib, byudjet va logistikani boşqarişgaça tatbiq etişga harakat qilmoqda. Şu bilan birga, CNN yozişiça, bunday malumotlarni tekşirişning yagona standarti mavjud emas: turli idoralar turli vositalarni turli qoidalar böyiça qöllaydi. Harbiy va razvedka tahlilçilari foydalanadigan tizimlardan xabardor bölgan sobiq yuqori martabali mulozim şunday deydi:
“Içki vositalar – bu asosan öşa tijorat mahsulotlarining biroz “pardozlangan” şakli, xolos”.