USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞning Eron bilan uruşi kamida 45,1 mlrd dollarga tuşdi – CNN

59 марта
АҚШнинг Эрон билан уруши камида 45,1 млрд долларга тушди – CNN

Joriy yilnging sentyabr oyi holatiga köra, AQŞning Eron bilan uruşi kamida 45,1 milliard dollarga tuşgan. Bu haqda Pentagonning Kongressga taqdim etilgan baholaşi bilan taniş manbalarga tayanib, CNN xabar berdi.

Qayd etilişiça, bevosita 3 sentyabrga kelib xarajatlar 43,6 milliard dollarni taşkil etgan: 28,1 milliard dollar – öq-dorilarga, 11,2 milliard dollar – harbiy operatsiyalarni ötkazişga va 4,3 milliard dollar – yöqotilgan yoki şikastlangan texnikaga sarflangan. Yana 1,5 milliard dollar qöşimça yonilği uçun talab qilingan. Pentagon, şuningdek, qonun çiqaruvçilar tomonidan söralgan bilvosita xarajatlarning batafsil bahosini Kongressga taqdim etmagan.

Iyul oyida Pentagon rahbari Pit Xegset uruş xarajatlarini 37,5 milliard dollarga baholagan. Şu tariqa, ikki oydan kamroq vaqt içida Amerika rasmiylari tomonidan tilga olingan summa yana 7,6 milliard dollarga yoki taxminan 20 foizga oşgan. 

Kongress Byudjet boşqarmasining 15 sentyabrda elon qilingan mustaqil baholaşi 1 avgust holatiga köra taxminan 38 milliard dollarni taşkil etgan. Idora uşbu summa ham şikastlangan obektlarni tiklaş va boşqa bir qator xarajatlarni öz içiga olmasligini takidlagan. Boşqarma baholaşiça, harbiy harakatlarning nisbatan past şiddati saqlanib qolgan taqdirda, uruş Pentagonga har oyda yana taxminan 2 milliard dollarga, iyul oyidagiga öxşaş eskalatsiya yuz berganda esa 3 milliard dollar va undan köproqqa tuşadi.

Asosiy xarajat sababi öq-dorilar bölib qolmoqda. Pentagon boş inspektorining Eron bilan uruş haqidagi birinçi çoraklik hisobotida idora ilk bor ularning tanqisligini rasman tan oldi. Öşanda 28 fevraldan 30 iyungaça bölgan davr uçun xarajatlar 33,4 milliard dollarga baholangan bölib, şundan 22,3 milliard dollari öq-dorilarga töğri kelgan edi.

Kongress Byudjet boşqarmasi eng köp talab qilinadigan bazi öq-dorilar zaxirasini töldiriş beş yil yoki undan köproq vaqtni olişi mumkinligidan ogohlantirgan. Uruş, şuningdek, energiya resurslari narxiga ham tasir körsatgan: boşqarma neft va gaz yetkazib berişdagi nizo bilan boğliq uzilişlar 2027 yilning birinçi çoragida AQŞdagi inflyatsiyaga taxminan 0,5 foizlik punkt qöşişini kutmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: