Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyuştirdi. Qurbonlar bor
Rossiya poytaxti Moskva sönggi bir sutka içida eng yirik dron hujumiga uçradi. Havo hujumidan mudofaa kuçlari keça, 19 sentyabr kunidan buyon Moskva tomon yönalgan 1600 dan ortiq uçuvçisiz uçiş qurilmasini urib tuşirdi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin özining Telegram-kanalida malum qildi.
Uning aytişiça, yöq qilingan dronlarning 450 tasi Moskva şahriga yaqinlaşayotgan paytda urib tuşirilgan.
“Misli körilmagan hujum saylovlarni barbod qiliş maqsadida rejalaştirilgani aniq. Duşman bunga erişa olmadi”, deb yozgan Sobyanin Telegram kanalida.
Dronlar hujumi oqibatida Moskva neftni qayta işlaş zavodi hududidagi obektlardan biri şikastlangan. Şuningdek, dronlardan biri Moskvaning janubidagi Orexoviy bulvari hududidagi binoga urilgan.
Moskva viloyatidagi 17 ta okrug ham dronlar hujumiga uçragan. Hujum oqibatida 2 kişi halok bölgan, yana 6 kişi jarohatlangan.
Hujumlar sabab Moskvaning Domodedovo, Vnukovo, Şeremetevo va Jukovskiy aeroportlari samolyotlarni qabul qiliş va jönatişni vaqtinça töxtatgan. 30 dan ortiq reys Moskva aeroportlariga qöna olmagan va boşqa şaharlardagi aeroportlarga yönaltirilgan.
Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina harbiy rahbariyati “Rossiya hujumlariga javoban uzoq masofaga harakat qiluvçi qurollardan foydalangan holda” yangi operatsiyalarni kelişib olganini malum qilgan edi.
Eslatib ötamiz, Rossiya kuçlari joriy yilning 18 sentyabr kuni keçqurun Sumi şahriga 6–7 ta boşqariladigan aviabomba bilan zarba bergandi. Hujum oqibatida 2 kişi halok bölib, 7 kişi jarohatlangan.