Özbekistonda qizlar köp pul topyaptimi yoki yigitlar?
Qizlar yigitlarga qaraganda tezroq işga joylaşmoqda, biroq yigitlarning örtaça iş haqi qizlarnikidan qariyb 2 million söm yuqori. Bu haqda Talim sifatini taminlaş milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, agentlik Bitiruvçilar sifati indeksi (BSI) doirasida bitiruvçilarning mehnat bozoridagi natijalari jinslar kesimida tahlil qilgan.
BSI natijalariga köra, qizlar örtasida bandlik darajasi 85,1 foiz, yigitlarda esa 80,4 foizni taşkil etgan. Qizlar örtaça 2 oyda, yigitlar esa 3 oyda işga joylaşgan.
Biroq örtaça iş haqi böyiça manzara boşqaça: yigitlarda bu körsatkiç 6 million söm, qizlarda esa 3,9 million sömni taşkil qilgan.
Şuningdek, mehnat bozorida yuqori natija körsatgan TOP-5 sohalar ham tahlil qilingan. Unga köra, qizlar:
- Transport xizmatlari;
- matematika va statistika;
- talim;
- biznes va boşqaruv;
- gumanitar fanlar böyiça yuqori natija qayd etgan.
Yigitlar esa:
- Biznes va boşqaruv;
- soğliqni saqlaş;
- sanat;
- matematika va statistika;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ustunlikka erişgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistondagi oliy talim muassasalarida 2025–2026-öquv yili davomida tahsil olayotgan talabalar soni 1,5 million nafarga yetib, talabalarning 782,9 ming nafarini ayollar, 752,1 ming nafarini erkaklar taşkil etgani haqida xabar berilgan edi.