USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Begona erkak Boş vazir Madyarning yuziga şarob sepdi

161 марта
Бегона эркак Бош вазир Мадьярнинг юзига шароб сепди

Vengriya Boş vaziri Peter Madyar Seksard şahridagi vino festivalida ovqat oliş uçun navbatda turgan vaqtida bir erkak uning yuziga şarob sepib yubordi. Bu haqda 19 sentyabr kuni Madyar özining Facebook sahifasida malum qildi.

Qayd etilişiça, Boş vazir Peç şahridagi çiqişidan söng uyiga qaytayotib, mahalliy aholining taklifiga binoan Seksard hosil bayrami (Szekszárdi Szüreti Napok) festivalida töxtagan. U festivaldagi ovqatlaniş şoxobçalaridan birida navbatda turgan vaqtda bir erkak uning ustiga bir stakan şarob sepgan.

Videoda nomalum erkak avval qölidagi stakandan içimlikdan bir qultum içgani, şundan söng uni Madyar turgan tomonga sepib yuborgani aks etgan. Şundan keyin qora kiyimdagi xavfsizlik xodimi erkakni darhol voqea joyidan olib çiqqan.

Peter Madyar esa hodisaga qaramay, festival iştirokçilari bilan suhbatlaşiş va suratga tuşişda davom etgan. Voqeadan söng u Facebook sahifasida hodisa yuzasidan munosabat bildirgan.

“Bu janobni hamma yaxşi vaqt ötkazayotgani, bizni yuzlab odamlar bilan suhbatlaşib, suratga tuşayotganimiz juda bezovta qilgan bölsa kerak. U yonimga kelib, közimga qaraşga unçalik jurat qilmadi. Mazali Seksard (Szekszárd) vinosiga açinib ketdim”, deb yozgan Peter Madyar.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eronning sönggi şohi Muhammad Rizo Pahlaviyning öğli Rizo Pahlaviy Berlinda köçaga çiqqanida uning ustiga qizil suyuqlik sepilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: