USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Paşinyan Armaniston – Rossiya munosabatlarida “muqarrar özgarişlar” bölişini elon qildi

89 марта
Пашинян Арманистон – Россия муносабатларида “муқаррар ўзгаришлар” бўлишини эълон қилди

Armaniston va Rossiya örtasidagi munosabatlar “muqarrar ravişda özgaradi” va bu özgarişlar muayyan şaxs yoki siyosiy kuç bilan boğliq emas. Bu haqda Armaniston Boş vazir Nikol Paşinyan “Boon TV” kanaliga bergan intervyusida malum qildi.

“Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarimiz muqarrar ravişda özgaradi, bu biror-bir şaxs yoki siyosiy kuç bilan boğliq emas. Kim bölişidan qati nazar, Armaniston va Rossiya munosabatlari avvalgidek bölmaydi”, deydi u.

Nikol Paşinyan Moskva bilan avvalgi munosabatlar formati nizo şaroitida şakllanganini, endi esa Armaniston “tinçlik muhitida” ekanini qöşimça qilgan. U bölajak transformatsiyani aynan şu bilan boğlagan.

Şu bilan birga, Boş vazir Yerevan Rossiya bilan aloqalarni uziş niyatida emasligini aytgan.

“Biz munosabatlarimizni çuqurlaştirişni xohlaymiz, ammo yangi muhit va yangi şaroitlarda. Armaniston Moskva bilan nizolaşmaydi, balki vazminlik va izçillik bilan öz pozitsiyasini himoya qilişda davom etadi”, deydi u.

Eslatiib ötamiz, joriy yilning 1 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan Bişkekda bölib ötgan ŞHT sammiti doirasida muzokaralar ötkazgan edi. Uçraşuvning asosiy mavzularidan biri Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş niyati va uşbu qarorning Rossiya bilan munosabatlarga ehtimoliy oqibatlari bölgan.

Rossiya yetakçisi öz bayonotida Moskva Armaniston bilan döstona va özaro manfaatli munosabatlarni rivojlantiriş tarafdori ekanini takidlagan. Biroq unga köra, Yerevanning Yevropa yönalişi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi keyingi hamkorlik uçun qiyinçiliklar tuğdirişi mumkin.

Öz navbatida, Nikol Paşinyan Armaniston Rossiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantiriş va çuqurlaştirişdan manfaatdor ekanini tasdiqlagan. U Yerevan Yevropa Ittifoqiga azo böliş intilişida Rossiya va YeOII bilan kelişuvlarning buzilişini körmayotganini qöşimça qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: