YeI Markaziy Osiyo va Kavkazni Yevropa bilan boğlaşga 12 mlrd yevro ajratmoqçi
Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazni Yevropa bozori bilan bevosita boğlaşi kerak bölgan Örta koridorni rivojlantirişga 12 mlrd yevrogaça davlat va xususiy investitsiyalarni jalb qiliş niyatida. Bu haqda joriy yilning 16 sentyabr kuni Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen “Ittifoqning ahvoli töğrisida”gi yillik murojaatnomasida malum qildi.
Yevropa komissiyasi rahbariga köra, moliyalaştirişni Yevropaning Global Gateway taşabbusi orqali safarbar qiliş rejalaştirilmoqda.
“Bizning maqsadimiz – yönalişlarni diversifikatsiya qiliş, savdo oqimlarini uç baravarga oşiriş va 2030 yilga borib yuk taşiş muddatini keskin qisqartirişdan iborat. Loyihani amalga oşiriş uçun Yevropa komissiyasi Bolgariya Boş vaziri bilan birgalikda transport aloqalarini rivojlantiriş böyiça mintaqaviy sammit taşkil etadi”, deydi fon der Lyayen.
Fon der Lyayen xalqaro şeriklikni rivojlantirişni Yevropaning strategik tanlovi hamda qoidalarga asoslangan xalqaro tizimdagi parçalanişga berilgan javob deb atagan. Şu bilan birga, elon qilingan 12 mlrd yevro allaqaçon ajratilgan mablağlar emas, balki jalb qilinadigan investitsiyalarning maqsadli hajmi sifatida körsatilgan. Elon qilingan nutqda moliyalaştirişning mamlakatlar va muayyan obektlar örtasidagi taqsimoti oçiqlanmagan.
“Transkaspiy xalqaro transport marşruti” sifatida ham tanilgan Örta koridor Rossiya hududini çetlab ötib, Xitoy va Yevropani Qozoğiston, Kaspiy dengizi, Ozarbayjon va Gruziya orqali boğlaydi. Gruziyadan yuklar quruqlik orqali Turkiya orqali yoki dengiz orqali Qora dengiz orqali YeI mamlakatlariga ötişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistonning Turkiston şahrida ötkazilgan Turkiy davlatlar taşkilotining norasmiy sammitida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Örta koridorni “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöli bilan boğlaşni taklif qilgandi.