Yaponiyada tayfun oqibatida 4 kişi halok böldi, 6 kişi bedarak yöqolgan
Yaponiyada “Dujuan” tayfuni keltirgan kuçli yomğir va şamollar oqibatida köçkilar yuz berib, 4 kişi halok böldi, yana 6 kişi bedarak yöqoldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilişiça, tayfun Tokio va uning atrofidagi prefekturalarda kuçli yomğirlar va vayronkor şamollarni keltirib çiqargan. Kanagava va Çiba prefekturalarida köçkilar sodir bölgan.
Kanagava prefekturasining Yokosuka şahrida 60 yoşlar atrofidagi ayol köçki oqibatida uyi içida qolib ketgan. Qutqaruvçilar uning jasadini topgan. Çiba prefekturasida esa 50 yoşlar atrofidagi erkak köçki hududida vayronalarni tozalaş vaqtida oğir texnika bilan birga bambukzor içiga tuşib ketgan. U şifoxonaga olib borilgan, biroq keyinçalik vafot etgan.
Tayfun eng kuçaygan paytda Yaponiya rasmiylari hayot uçun “yaqin xavf” mavjudligidan ogohlantirib, 1,9 million kişini boşpanalarga köçişga çaqirgan. Bugun, 22 sentyabr kuni böron mamlakatning şarqiy sohillaridan uzoqlaşgani sabab evakuatsiya böyiça körsatmalarning aksariyati bekor qilingan.
“Dujuan” tayfuni soatiga 130 kilometrgaça tezlikda doimiy şamollarni, 194 kilometrgaça bölgan kuçli şamol tezligini keltirib çiqargan. Tabiiy ofat oqibatida 50 mingga yaqin kişi elektr taminotisiz qolgan, yuzlab aviaqatnovlar bekor qilingan.
Tayfun mamlakatdagi beş kunlik bayram kunlariga töğri kelgan. Şu sababli ayrim tadbirlar, jumladan, “Rock in Japan” musiqa festivalining kontsertlari va “Tokyo Game Şow” körgazmasining bir kunlik dasturi bekor qilingan.
Meteorologlarning qayd etişiça, okean suvlarining isişi tayfunlar paydo bölganda ularning kuçini oşirişi mumkin. Iliqroq atmosfera esa köproq namlikni uşlab, kuçliroq yoğingarçiliklarga sabab böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Vetnamning şimoliy va markaziy hududlarida yuz bergan kuçli yomğir, suv toşqinlari va köçkilar oqibatida kamida 4 kişi halok bölgani, 16 mingdan ortiq uy suv ostida qolgani haqida xabar berilgan edi.