Dunyodagi eng baxtli sayyohlik manzili qayerligi aytildi
Portugaliya poytaxti Lissabon 47 ta şahar örganilgan global reytingda sayohat uçun dunyoning eng baxtli manzili deb topildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Holiday Happiness Index” reytingi “BookRetreats” platformasi tomonidan tuzilgan. Unda sayohat vaqtida insonlarning farovonligiga tasir qiluvçi omillar, jumladan, quyoş nuri, piyoda harakatlaniş qulayligi, yaşil hududlar, soğlom oziq-ovqat va uyqu sifati baholangan.
Tadqiqotga Natali Dattilo-Rayan rahbarlik qilgan. U Garvard universiteti bilan boğliq klinik psixolog bölib, yaxlit baxt tuşunçasi böyiça mutaxassis hisoblanadi. Lissabon reytingda ayniqsa ovqatlaniş imkoniyatlari bilan ajralib turgan.
Tadqiqotga köra, şahardagi restoranlarning qariyb 10 foizi soğlom ovqatlaniş toifasiga kiradi. Bu körsatkiç reytingdagi ikkinçi eng yuqori natija bölib, Lissabon Parij, Tokio va Nyu-York kabi yirik gastronomik markazlardan oldinda qayd etilgan. Şuningdek, şaharda turli xil taomlarni nisbatan hamyonbop narxlarda topiş mumkinligi takidlangan.
Tadqiqotda Lissabon böylab piyoda harakatlaniş ham qulay ekani qayd etilgan. Şaharning notekis relefiga qaramay, u ixçam bölib, piyoda sayr qiliş uçun mos ekani va sayyohlarga manzarali nuqtalarni tomoşa qiliş imkonini berişi aytilgan.
Lissabonda har bir aholiga örtaça 49 kvadrat metr yaşil hudud töğri keladi. Bu Madrid körsatkiçidan qariyb tört barobar köp. Bundan taşqari, Kaşkayş va Kosta-da-Kaparika plyajlariga jamoat transportida bir soatdan kamroq vaqtda yetib boriş mumkin.
Şahar yiliga taxminan 2 828 soat quyoş nuri oladi. Tadqiqot mualliflari buni ham inson kayfiyatiga ijobiy tasir qiluvçi omillardan biri sifatida körsatgan. Reytingda Lissabondan keyingi örinlarni Xelsinki va AQŞning Orlando şaharlari egallagan.
Kuçli öntalikdan, Orlandodan taşqari, faqat Yevropa şaharlari joy olgan. Törtinçi örindan boşlab Afina, Edinburg, Madrid, Vena, Budapeşt, Oslo va Vilnyus qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Estoniya yaşaş uçun eng yaxşi davlatlar reytingida birinçi örinni egallagani haqida xabar berilgan edi.