Tramp niyatiga yetdi: Grenlandiya böyiça kelişuv imzolandi
Bugun, 22 sentyabr kuni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) Boş Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida AQŞ Prezidenti Donald Tramp, Daniya Boş vaziri Mette Frederiksen va Grenlandiya Boş vaziri Yens-Frederik Nilsen orol xavfsizligini taminlaş böyiça majburiyatlarning bir qismi Vaşingtonga ötişiga oid kelişuvni imzoladi. Hujjatni imzolaş marosimi translyatsiyasi Oq uyning YouTube-kanalida elon qilindi.
Hujjat AQŞga Grenlandiyada harbiy iştirokini oşiriş, şu jumladan orolda ikkita harbiy baza quriş jarayonini darhol boşlaş imkonini beradi.
Bundan taşqari, kelişuvda:
- NATO tarkibiga kirmaydigan mamlakatlarning harbiy bazalarini Grenlandiyada joylaştirişni taqiqlaş;
- Xitoy va Rossiyadan yönaltiriladigan investitsiyalarni bloklaş imkonini beruvçi investitsiyalarni tekşiriş mexanizmini yaratiş;
- Grenlandiya aholisi uçun öz siyosiy kelajagini mustaqil tanlaş imkoniyati hamda AQŞga biror-bir hududni topşiriş haqidagi normalarning yöqligi nazarda tutilgan.
“Biz tegişli hududlarda sezilarli harbiy iştirokni örnatişni darhol boşlaymiz. Biz ikkita juda yirik harbiy baza quramiz. AQŞ raqiblaridan heç biriga bundan buyon bizning yozma ruxsatimizsiz Grenlandiyada harbiy iştirok örnatişga yoki u yerda nozik investitsiyalarni amalga oşirişga yöl qöyilmaydi”, deydi Tramp.
U bu AQŞ hukumati hamda Daniya va Grenlandiya rahbariyati örtasidagi kelişuvlarda nazarda tutilganini qayd etgan.
Şuningdek, Trampning işonç bildirişiça, kelişuv doirasida AQŞ heç qanday moliyaviy xarajatlarsiz orol xavfsizligi ustidan nazoratni qölga kiritadi, Pentagon esa darhol orolda yirik harbiy kontingentni joylaştirişni boşlaydi. Bitim muddatsiz xarakterga ega.
AQŞ Davlat kotibi Rubio kelişuvni şarhlar ekan, Grenlandiyadagi Amerikaning harbiy iştiroki AQŞ raketaga qarşi mudofaasining birinçi çiziğiga aylanişini, çunki mamlakat hududiga ehtimoliy raketa zarbalari aynan Arktika orqali berilişini malum qilgan.
“Bu kelişuv AQŞ, Grenlandiya, Daniya va NATO uçun, demak, Yevropa uçun ham manfaatlidir. Siz raqiblarning juda yaqinlaşişini istamaysiz. Men töla qöşilaman. Biz ularga Grenlandiya ustidan har qanday nazoratni qölga kiritişga yoki u yerda sezilarli tasirga ega bölişga yöl qöyilmasligiga erişyapmiz. Şu bilan birga, biz Arktikada köproq ittifoqçilar iştirok etişini taminlamoqdamiz”, deydi Daniya Boş vaziri Mette Frederiksen Trampga murojaat qilar ekan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 19 sentyabr kuni Tramp AQŞ va Daniya Grenlandiya xavfsizligini taminlaş ustidan nazoratni Vaşingtonga topşiriş böyiça kelişuvga erişganini malum qilgan edi. U Qöşma Ştatlar oroldagi harbiy iştirokini darhol kengaytirişni boşlaşini va Amerika duşmanlari u yerda öz harbiy bazalarini joylaştira olmasligini aytgan edi. Daniya va Grenlandiya hokimiyat organlari orol suvereniteti Vaşingtonga topşirilmasligini alohida takidlamoqda.