Tramp Kuba hukumati qulaşini aytdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Kubadagi hokimiyat tizimi Amerika administratsiyasining bosimi ostida qulaşini aytdi. Bu haqda u keça, 22 sentyabr kuni Nyu-Yorkda ötayotgan BMT Boş Assambleyasidagi çiqişi çoğida gapirdi.
“Mening administratsiyam Kubadagi vaziyatda tub özgarişlarni xohlaydi, u yerda kommunistik rejim öz tarixidagi eng katta, haybatli bosim ostida qolmoqda. Bu mutlaqo barbod bölgan davlatdir. U ilgari heç qaçon bölmagandek parçalanib bormoqda va u qulaydi”, deydi Tramp.
Amerika Prezidentining sözlariga köra, Davlat kotibi Marko Rubio Kuba bilan muzokaralar olib bormoqda.
“U Kuba bilan muzokaralarga butunlay şönğigan. Keling, bundan nima çiqişini köraylik”, deydi Tramp.
Kubalik diplomatlar AQŞ prezidentining Kubaga bosim haqidagi sözlaridan söng BMT Boş Assambleyasi zalini tark etgan.
Malumot uçun, bu yil AQŞ Kubaga qarşi sanktsiyalarni kengaytirdi – orol-davlatga neft yetkazib beruvçi mamlakatlar uçun bojlar joriy etdi, buning oqibatida Kubada energetik inqiroz yuzaga keldi. Donald Tramp Kubada davlat tuzumini özgartirişga erişişga harakat qilayotganini oçiq aytib keladi. Amerika OAVlari esa AQŞning Kubada harbiy operatsiyaga tayyorgarlik körayotgani haqida bir neça bor yozgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel AQŞ mamuriyatini mamlakatga qarşi neft embargosi va kuçaytirilgan sanktsiyalar siyosati orqali “siyosiy genotsid” yuritayotganlikda ayblagandi.