USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

6 yaşar qiz jahon rekordini ikki bor yangiladi

123 марта
6 яшар қиз жаҳон рекордини икки бор янгилади

Xitoylik 6 yoşli Lyan Yunçji 3x3x3 ölçamdagi Rubik kubigini yiğiş böyiça ayollar örtasidagi jahon rekordini uç kun içida ikki marta yangiladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilişiça, Siçuan provintsiyasidan bölgan Lyan Yunçji Uxan va Guançjou şaharlarida ötkazilgan musobaqalarda iştirok etgan. U dastlab kubikni örtaça 4,52 soniyada yiğib, jahon rekordini örnatgan.

Oradan köp ötmay, u öz natijasini yana yaxşilab, Rubik kubigini örtaça 4,27 soniyada yiqqan. Şu tariqa Lyan Yunçji dunyoda 3x3x3 Rubik kubigini örtaça 4,5 soniyadan kam vaqtda yiğa olgan yagona ayol iştirokçiga aylangan. Yoş iştirokçi bunday natijaga bir yil davomida olib borgan jadal maşğulotlari orqali erişgan. U har kuni 2-3 soat vaqtini Rubik kubigini yiğişga sarflagan.

Malum qilinişiça, Lyan Yunçji hozirga qadar kubikni yiğişning 1300 dan ortiq algoritmini özlaştirgan.

Malumot uçun, Rubik kubigi öz nomi uning ixtiroçisidan olingan. Uşbu boşqotirma öyinçoq 1974 yilda vengriyalik ixtiroçi, arxitektor va haykaltaroş Ernyo Rubik tomonidan ixtiro qilingan. Boşqotirma tez orada keng ommalaşgan va u ixtiroçisining nomi bilan ataladigan bölgan. Polşada bu öyinçoq “Kostka Rubika” deb ataladi, ixtiroçining vatani Vengriyada esa u “sehrli kub” deb nomlanadi. Rubik kubigining ixtiroçisi hozirgaça Vengriyada yaşaydi, biroq u öz ixtirosining muxlislari hayotida unçalik faol iştirok etmaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq 9 yoşli Teodor Zayder Gdansk Speedcubing League musobaqasida Rubik kubigini 2,766 soniyada yiğib, yangi rekord egasiga aylangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: