Frantsiya Rossiya dronlari nişoniga aylanişi mumkin – Makron
Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiya Yevropadagi duşmanona harakatlarini kuçaytirgani sababli vaziyat tobora keskinlaşayotganini aytdi. Uning sözlariga köra, Frantsiya ham Rossiya dronlari nişoniga aylanişi mumkin. Bu haqda u keça, 24 sentyabr kuni TF1 telekanaliga bergan intervyusida malum qildi.
Makronning aytişiça, AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) Frantsiyaga Rossiya Janubiy Yevropa davlatlariga hujum qiliş uçun fuqarolik kemalaridan foydalanib, ulardan dron uçirişni rejalaştirayotgani haqida malumot bermagan.
“Ha, vaziyat haqiqatan ham tobora keskinlaşmoqda. Bu 2022 yil fevralidan beri Rossiya bilan uruş olib borayotgan Ukrainaga ham, sönggi haftalarda Rossiyaning Yevropa böylab duşmanona harakatlari kuçaygani tufayli biz, yevropaliklarga ham taalluqli”, degan Makron.
Jurnalistlar Frantsiya ham Germaniyaning Leyptsig şahridagi aeroportida Rossiya tomonidan dronlar yordamida diversiya tayyorlangani haqidagi davolarga öxşaş hujumga uçraşi mumkinmi, deb söragan.
“Javobim – ha. Rossiya Yevropani Ukraina uçun strategik tayanç hudud sifatida köradi, çunki Yevropa davlatlari Ukrainaga yordam bermoqda. Biz bir neça yildan beri axborot va kiberhujumlarga duç kelmoqdamiz. Frantsiyada hozirça Leyptsigda sodir bölgan kabi hujumlar kuzatilmagan. Ammo tahdidning rivojlanişini xolis baholaşimiz va bunga tayyorlanişimiz kerak”, degan Frantsiya Prezidenti.
Makron, şuningdek, Rossiyaning 300 ming kişini safarbar qilişi ehtimolini real stsenariy sifatida körayotganini aytgan. Uning takidlaşiça, Rossiya bunday qadamga tayyorlanayotganini körsatuvçi “bir neçta belgi” mavjud. Biroq asosiy savol Moskva buni rasman elon qiladimi yoki yöqmi, deya takidlagan u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiyaning Yevropa va Frantsiyaga qarşi gibrid hujumlar kampaniyasini kuçaytirayotganini aytib, bunga javob qaytarilişini vada qilgan edi.