Eron qöşnilarining aeroportlarini işdan çiqariş bilan tahdid qildi
Eron qöşni davlatlar AQŞ bilan hamkorlik qilib, Eron reyslarini töxtatsa, ularning aeroportlari faoliyatini izdan çiqarişini malum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Eron Oliy milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Muhsin Rizoiy joriy yilning 23 sentyabr kuni davlat televideniyesiga bergan intervyusida qöşni davlatlar Eron reyslarini töxtatişda AQŞ bilan hamkorlik qilsa, Tehron ularning aeroportlari işlaşiga yöl qöymasligini aytgan.
Uning bu bayonoti AQŞ Moliya vaziri Skott Bessentning 21 sentyabr kuni bildirgan fikrlaridan keyin yangragan. Bessentning aytişiça, ikkilamçi sanktsiyalar qöllanişi tahdidi sabab barça Eron aviakompaniyalari 23 sentyabrdan faoliyatini töxtatişga majbur böladi.
Malumotlarga köra, bu holat AQŞ va Eron örtasidagi uruş boşlanganidan yetti oy ötgan bir paytda yuz bermoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eronning Vareş Airlines aviakompaniyasiga tegişli Tehron–Duşanbe reysi parvozga çiqqanidan söng yönalişini özgartirib, Tehrondagi Imom Xomayniy aeroportiga qaytişga majbur bölgani haqida xabar berilgan edi.