14 harbiyning ölimi böyiça 5 nafar mulozim hibsga olindi
Qozoğistonda maşğulotlar çoğida 14 nafar harbiy xizmatçining halok bölişi ortidan Mudofaa vazirligining beş nafar mansabdor şaxsi qölga olindi. Bu haqda bugun, 25 sentyabr kuni mamlakat Içki işlar vazirligi xabar berdi.
“Xizmatga sovuqqonlik bilan qaraş va kemani boşqariş qoidalarini buziş, oğir oqibatlarga olib keliş bilan boğliq jinoiy huquqbuzarliklarni sodir etganlikda gumonlanib, Qozoğiston Respublikasi Qurolli kuçlarining oliy va katta qömondonlik tarkibidagi masul mansabdor şaxslari qölga olindi”, deyiladi vazirlikning Telegram-kanalidagi xabarida.
Qölga olinganlar orasida Harbiy-dengiz kuçlari boş qömondonining birinçi örinbosari, ikki nafar harbiy qism komandiri, dengiz piyodalari rotasi va kater komandirlari bor. Ularning barçasi gumonlanuvçi deb topilib, Oqtau şahar politsiya boşqarmasining vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan.
Manğistaudagi fojia
Keça, 24 sentyabr kuni Manğistau viloyatida Qozoğiston Qurolli kuçlari Harbiy-dengiz kuçlari tomonidan öquv-jangovar topşiriqni bajariş vaqtida Kaspiy dengizi sohilida meteorologik şaroitning keskin yomonlaşişi va şamolning kuçayişi sababli harbiy xizmatçilar dengizga oqib ketgan.
Mudofaa vazirligi dastlabki malumotlarida dengizga 19 nafar harbiy xizmatçi oqib ketganini bildirgan edi. Öşa paytda 9 nafar harbiy xizmatçining halok bölgani qayd etilgan. Keyinroq, Manğistau viloyati hokimligi dengizga oqib ketganlar soni 17 nafar ekanini malum qildi.
Harbiy xizmatçilar halok bölganidan söng hukumat komissiyasi tuzilgan, hodisa joyiga Boş vazir örinbosari Qanat Bozumbayev yuborilgan. Prezident Qosim-Jomart Töqayev harbiy xizmatçilarning halok bölgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan va fojiani tergov qiliş böyiça topşiriqlar bergan.
Oqtovda Şahar kuni munosabati bilan ötkazilişi rejalaştirilgan bayram tadbirlari bekor qilingan. Qosim-Jomart Töqayev 25 sentyabr kunini Qozoğistonda umummilliy motam kuni deb elon qildi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev fojia munosabati bilan Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev va Qozoğiston xalqiga hamdardlik yölladi.