Rossiya bir oqşomning özida Kiyevdagi boğça va litseyga zarba berdi
Rossiya dronlari keça, 25 sentyabr oqşomida Kiyev viloyatining Vişgorod tumanidagi 2-sonli Ivankov litseyiga va Kiyevning Obolon tumanidagi bolalar boğçasiga zarba berdi. Ikkala binoda ham yonğin çiqqan. Hujumlar oqibatida halok bölganlar va jarohat olganlar haqida malumot yöq. Bu haqda TSN xabar berdi.
Kiyev viloyati harbiy mamuriyati rahbari Timur Tkaçenko Ivankov litseyiga berilgan zarbadan söng olov binoning 300 kvadrat metrdan ortiq maydonini egallab olganini malum qilgan. Öqqa tutiş vaqtida litsey öquvçilari binoda bölmagan. Tkaçenkoning malumotlariga köra, talim muassasasida jami 1100 ga yaqin bola tahsil oladi.
“Rossiyaliklar fuqarolik obektlariga berilayotgan zarbalarga ijtimoiy infratuzilmaga qarşi terrorni ham qöşmoqda – bolalar tahsil olayotgan maktablarga zarba bermoqda”, deydi Tkaçenko.
Kiyev meri Vitaliy Kliçko Obolon tumanida dron, taxminlarga köra, bolalar boğçasining ikki qavatli binosiga tuşganini va şundan söng u yerda yonğin boşlanganini xabar qilgan. Voqea joyidan TSN dron zarbasidan maktabgaça talim muassasasi zarar körganini tasdiqlagan. Naşr malumotiga köra, hujumdan söng binoni olov egallagan, voqea joyiga şoşilinç xizmatlar yetib borgan.
Talim muassasalariga berilgan zarbalar Kiyevga uyuştirilgan ommaviy hujum fonida sodir bölgan. Kliçkoning malumotlariga köra, 25 sentyabr kuni Rossiya zarbalari oqibatida yetti kişi halok bölgan, yana 59 kişi jarohat olgan. Jarohatlanganlarning 25 nafari şahar şifoxonalarida qolmoqda, ulardan birining ahvoli oğir. Halok bölganlar orasida 14 yoşli ösmir ham bor. Yana ikki nafar bola şifoxonaga yotqizilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaning bir qator hududlariga yirik dron hujumini uyuştirib, neftni qayta işlaş zavodi va yölovçi poyezdiga zarar yetkazgani haqida xabar berilgan edi.