Eron Prezidenti Tramp bilan uçraşişdan boş tortdi
Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyon ikki mamlakat örtasidagi işonç qayta tiklanmaguniça amerikalik mavqedoşi Donald Tramp bilan uçraşuv ötkazmaydi. Bu haqda Eron rahbarining özi CBS telekanali jurnalistining savoliga javoban malum qildi.
Muxbir Eron Prezidentidan Oq uy egasini Tehronga muzokaralarga taklif qila olişi yoki olmasligi haqida söragan.
“Qarang, avvalo, siz Erondagi vaziyat qanday ekanini bilasiz. Ularning (amerikaliklarning) bizga va xalqimizga qilgan işlari odamlarni juda xafa qildi”, deydi Pezeşkiyon.
Eron yetakçisi siyosiy nuqtai nazardan uning Tramp bilan uçraşuvini taşkil etiş juda qiyinligiga etibor qaratgan. Tehron uçun Vaşingtonga işoniş murakkab va bu masala hal bölmaguniça, oliy darajadagi muzokaralar bölmaydi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 18 iyun kuni AQŞ va Eron vaqtinçalik özaro anglaşuv memorandumini tuzgan edi, biroq oradan atigi bir neça kun ötib, tomonlar bir-biriga öt oçişni davom ettirdi. Avvalroq, Donald Tramp Eronning Hormuz böğozini qayta oçiş va mintaqadagi janglarni yetti kun içida töxtatişni nazarda tutgan tinçlik taklifini rad etgani malum böldi.