USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Norozi xalq harakati: Pokiston hukumatga qarşi “portlaş”ga tayyorgarlik körmoqda

82 марта
Норози халқ ҳаракати: Покистон ҳукуматга қарши “портлаш”га тайёргарлик кўрмоқда

Pokiston hukumati sobiq boş vazir Imron Xonni ozod qilişni talab qilayotgan tarafdorlarining namoyişi oldidan Islomobodda xavfsizlik çoralarini keskin kuçaytirdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Malum qilinişiça, Imron Xon asos solgan “Tehrik-i-Insof” (Pokiston adolat harakati – PTI) partiyasi mamlakat böylab namoyiş ötkaziş rejasidan voz keçmasligini bildirgan. Partiya rahbarlari ertaga, 27 sentyabrga belgilangan yurişni 4 oktyabrga qoldiriş masalasini muhokama qilgan.

Hukumat namoyişni töxtatiş maqsadida Islomobodga ön minglab politsiya va xavfsizlik xodimlarini joylaştirgan, poytaxtga olib kiruvçi asosiy yöllarni tösgan hamda partiyaning bir qator rahbarlarini hibsga oliş uçun orderlar bergan.

Namoyiş Imron Xonning 2023 yildan buyon qamoqda saqlanayotgani va uning qamoqdagi şaroiti böyiça xavotirlar kuçaygan bir paytda rejalaştirilgan. Xon korruptsiya bilan boğliq ayblovlar böyiça qamalgan, biroq u barça ayblovlarni rad etib, qamoqqa olinişini siyosiy bosim bilan boğlaydi.

Qayd etilişiça, sönggi kunlarda PTI’ning önlab rahbarlari va vazirlari hibsga olingan yoki ularga nisbatan hibsga oliş orderlari berilgan. Şuningdek, Imron Xonning uç singlisi – Alema Xon, Uzma Xon va Norin Niozi – ham joriy yil 21 sentyabrda hibsga olingan.

Manbaga köra, Xonning tuğilgan viloyati va PTI’ning asosiy tayançi hisoblangan Xaybar-Paxtunxva viloyati Boş vaziri Suhayl Afridiy ham hibsga olinişi mumkin bölgan şaxslar qatorida. U partiya hukumati Xonning qamoqdagi şaroitini yaxşilaş va uning işlari böyiça adolatli sud jarayonini taminlaşga jiddiy yon berişini aytmasa, yuriş ötkazilişini bildirgan.

“Hukumat vahimaga tuşmoqda – şuning uçun Islomobodni qamal holatiga keltirişdi, şuning uçun vazirlarimizni öğirlab ketişmoqda. Ammo Imron Xon mamlakatdagi eng maşhur siyosatçi va odamlar uni qöllab-quvvatlaş uçun köçaga çiqadi”, degan Afridiy.

U xavfsizlik kuçlarining köpayişi namoyişçilar va politsiya örtasida töqnaşuvlar sodir bölişidan xavotirni kuçaytirganini ham tan olgan.

“Ular bizni töxtatiş uçun kuç işlatişning har qanday usuliga borişi mumkinligini bilaman. Ammo odamlar soni köp bölsa, ular bizga öq uzolmaydi. Bizning rejamiz – şunçalik köp odam olib kelişki, ular taslim bölişga majbur bölsin”, degan u.

Xaybar-Paxtunxva gubernatori Faysal Karim Kundi esa xavfsizlik çoralarini ehtiyot çorasi sifatida himoya qilgan. U PTI’ni “beqarorlik va zöravonlik” keltirib çiqarişga urinişda ayblab, davlat “zöravon guruhning Islomobodga yuriş qilişişiga yöl qöya olmasligini” aytgan.

Bildirilişiça, Islomobodda yöllarni tösiş uçun 1000 dan ortiq yuk konteynerlari örnatilgan. Ularning ayrimlari tikanlar bilan mustahkamlangan, köpriklarga qum qoplari joylaştirilgan, poytaxtga olib kiruvçi muhim avtomobil yöllaridan biri yopilgan.

Şuningdek, şaharda ommaviy yiğilişlar ham taqiqlangan. Islomobod böylab 22 ming politsiya va boşqa xavfsizlik xodimi joylaştirilgan. Xaybar-Paxtunxva mamuriy markazi Peşovarni Islomobod bilan boğlovçi asosiy avtomobil yöli ham yopilgan.

Naşrning qayd etişiça, körilgan çoralar poytaxt aholisi va tadbirkorlarining noroziligiga sabab bölgan. Yöllarning yopilişi tufayli köplab dökonlar va korxonalarga zarur mahsulotlarni yetkazib beriş qiyinlaşgan.

Jumladan, 76 yoşli nafaqadagi tadbirkor Şohidning aytişiça, “butun şahar aziyat çekmoqda”. U işsizlik, inflyatsiya va xavfsizlik muammolari aholi hayotini qiyinlaştirganini takidlagan.

PTI va Xonning tarafdorlari sobiq boş vazir qamoqda yakkalangan holda saqlanayotgani, unga yetarli tibbiy yordam körsatilmayotgani hamda bir neça oydan beri oilasi va advokatlari bilan muloqot qiliş imkoniyati çeklanganini davo qilmoqda. Hukumat esa Xonning soğliği böyiça tibbiy köriklar ötkazilganini bildirgan.

Xon öziga qöyilgan ayblovlarni rad etadi. U qamoqqa olinişining sababi hukumat va mamlakatdagi qudratli harbiy rahbariyat uçun siyosiy xavf tuğdirişi ekanini takidlaydi.

Siyosiy şarhlovçilarning fikriça, PTI namoyişi kengayib, hukumatga qarşi katta harakatga aylanişi mumkinligidan rasmiylar xavotirda. Pokistonlik siyosiy şarhlovçi Niyoz Murtazoning aytişiça, Janubiy Osiyoning sönggi yillardagi tajribasi hukumatlarga qarşi ommaviy namoyişlar qisqa vaqt içida katta harakatga aylanişi mumkinligini körsatgan.

“Pokistonda hozir noroziliklar juda keng. Hukumatning iqtisodiyot va xavfsizlik sohalaridagi faoliyati past, bosim esa yuqori. Şuning uçun ular butun vaziyat juda tez portlab ketişidan xavotirda”, degan Murtazo.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pokiston Oliy sudi şu hafta Imron Xonni 48 soat içida Islomoboddagi Şifa International Hospital şifoxonasiga ötkaziş hamda uning şaxsiy şifokori ham qatnaşadigan tibbiy komissiya körigidan ötkazişni buyurgan edi. Xon şifoxonada bir neça soat tibbiy körikdan ötgaç, yana Adiala qamoqxonasiga qaytarilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: