USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada Özbekiston fuqarosi oğir ahvolda yaşayotgani aytildi. Migratsiya agentligi munosabat bildirdi

160 марта
Россияда Ўзбекистон фуқароси оғир аҳволда яшаётгани айтилди. Миграция агентлиги муносабат билдирди

Rossiyada oğir ahvolda qolgan va özini özbekistonlik deb taniştirgan Baxtiyor Möminov Özbekiston emas, Rossiya fuqarosi ekani aniqlandi. Bu haqda Özbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda avvalroq tarqalgan videoda köçada oğir ahvolda qolgan erkak özini Özbekistonning Namangan viloyatidan ekanini aytgan. U suhbat davomida Özbekistonda öğli va qizi qolganini, ular uning köçada yaşayotganidan xabardor ekanini malum qilgan. Videoda erkak bilan suhbatlaşgan şaxs unga yordam berişga harakat qilgani köringan. U erkakning yaqinlari bilan boğlanişni taklif qilgan.

Qayd etilişiça, mazkur videodan söng Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi hamda Özbekistonning Rostov-Don şahridagi Boş konsulxonasi vakillari voqea joyiga çiqib, şaxsga oid malumotlarni örgangan.

Tekşiruv natijasida Baxtiyor Möminov 1990-yillarda oilasi bilan Rossiyaga köçib ketgani va keyinçalik uşbu davlat fuqaroligini qabul qilgani aniqlangan. Uning Rossiya fuqarosi ekani huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ham tasdiqlangan.

Şuningdek, uning yaqin qarindoşlari ham Rossiya fuqarosi ekanini malum qilingan.

“Migratsiya agentligi xorijda oğir vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston Respublikasi fuqarolariga öz vakolatlari doirasida amaliy yordam körsatadi”, deyiladi agentlik axborotnomasida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Yekaterinburg şahrida oğir moddiy ahvolga tuşib qolgan Özbekiston fuqarosiga mamlakatga qaytişida yordam körsatilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: