Italiyada maktablarda burqa va niqob taqiş taqiqlandi
Italiya hukumati maktablarda yuzni töliq yopuvçi burqa va niqob taqişni taqiqladi. Bu haqda DW xabar berdi.
Qayd etilişiça, Boş vazir Jorja Meloni boşçiligidagi hukumat tomonidan qabul qilingan hujjat joriy yilning 24 sentyabr kuni kuçga kirgan. U maktablarda musulmon ayollar kiyadigan burqa va niqobni taqiqlaydi. Biroq soç va böyin qismini yopuvçi hijob kiyişga ruxsat beriladi.
Yangi tartibga köra, Italiyaga yaqinda kelgan va italyan tilini yetarli darajada bilmaydigan xorijlik öquvçilar bir sinfdagi jami öquvçilarning 30 foizidan oşmasligi kerak. Belgilangan meyordan ortiq öquvçi bölgan taqdirda, ular boşqa sinflar yoki maktablarga taqsimlanadi. Uşbu çeklov 2027/2028 öquv yilidan qöllanadi.
Hukumat rahbari Jorja Meloni bu çoralar öquvçilarning jamiyatga integratsiyalaşuviga yordam berişi, ularga teng imkoniyatlar yaratişi va xorijlik bolalar köp töplangan sinflar paydo bölişining oldini olişini bildirgan.
Qonun joriy yilning 24 sentyabrda kuçga kirgan. Biroq uni 60 kun içida parlament tasdiqlaşi kerak.
Yangi qonun xorijlik öquvçilarning ota-onalariga ham tegişli. Agar oiladagi til tösiği bolaning talim olişi yoki xulq-atvorida qiyinçilik tuğdirsa, ota-onalar bepul italyan tili kurslarida qatnaşişi şart. Uşbu talabni bajarmaganlarga 200 yevrodan ming yevrogaça jarima solinişi mumkin.
Italiyada bir sinfdagi xorijlik öquvçilar uluşini 30 foiz bilan çeklaş talabi 2010 yildan beri amal qilib keladi. Biroq yangi qonun bilan uning bajarilişi ustidan nazorat kuçaytiriladi.
Mamlakatdagi kasaba uyuşmalari va öqituvçilar yangi tartibni tanqid qilgan. Ularning fikriça, xorijlik öquvçilar köp bölgan hududlarda bolalarni turli maktablarga taqsimlaş qiyinçilik tuğdirişi mumkin. Şuningdek, hukumat tilni örgatişni qöllab-quvvatlaş uçun ajratgan 14 million yevro yetarli bölmasligi mumkinligi aytilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Italiya hukumati maktablarda burqa va niqob taqişni taqiqlaş, sinflardagi xorijlik öquvçilar sonini çeklaş hamda ayrim xorijlik öquvçilarning ota-onalariga italyan tilini örganiş majburiyatini yuklaşni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi.