Singapur avtobuslarida baland musiqa uçun katta jarima belgilandi
Singapur jamoat transportida yölovçilarning boşqalarga xalaqit beruvçi xatti-harakatlari uçun jarimalar joriy etildi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.
Qayd etilişiça, yangi qoidalar joriy yilning 23 sentyabrdan kuçga kirgan. Unga köra, avtobusda baland ovozda musiqa yoki video qöyiş, örindiqlarga oyoq qöyiş, çiqindi taşlaş, şuningdek, transport vositasida ovqatlaniş va içimlik içiş kabi holatlar uçun jarima belgilangan.
Singapur Yer transporti boşqarmasi (LTA) yangi tartibdan maqsad jamoat transportida barça yölovçilar uçun xavfsiz, özaro hurmatga asoslangan va qulay muhit yaratiş ekanini bildirgan.
Qoidalarga köra, avtobus bekatlari va terminallarida boşqa yölovçilarga xavf tuğdiriş yoki ularning harakatlanişiga tösqinlik qiliş, şuningdek, avtobuslar va bekatlarni ifloslantiriş uçun jarima miqdori 5 ming Singapur dollarigaça (2 942 funt sterling) yetişi mumkin.
Uşbu özgarişlar Singapur parlamenti tomonidan 2025 yil oktyabr oyida qabul qilingan qonunçilik tuzatişlari asosida amalga oşirilgan. Avvalroq şunga öxşaş talablar mamlakat temiryöl transportida ham amal qilgan.
Yangi tartib ijrosini avtobus haydovçilarining özi nazorat qilmaydi. Singapurning törtta jamoat transporti operatorida işlovçi vakolatli xodimlar qoidabuzarlikda gumon qilingan yölovçilarga mamuriy bildirişnoma berişi mumkin. Keyinçalik holat LTA tomonidan tekşiriladi.
Haydovçilar esa tartibni buzayotgan yölovçidan avtobusni tark etişni talab qiliş huquqini saqlab qoladi. Jiddiy holatlarda esa huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilinişi mumkin.
LTA yangi qoidalarni qöllaşda, ayniqsa, jismoniy yoki ruhiy salomatligi bilan boğliq muammolari bölgan yölovçilarga nisbatan adolatli va ehtiyotkor munosabatda böliş zarurligini takidlagan.
Malumot uçun, Singapur jamoat transportida şovqinni kamaytiriş çoralarini avval ham körgan. 2024 yil dekabr oyida avtobuslarda yölovçilarni şovqin qilmaslikka, faqat bitta örindiqni egallaşga va polga ötirmaslikka çaqiruvçi belgilar örnatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiya parlamenti 2027 yil yanvardan boşlab 15 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini taqiqlovçi qonunni qabul qilgan edi.