Urgançda yangi avtobuslar harakati kengaymoqda, ammo bekatlar muammosi saqlanib qolmoqda
23-02-2026, 10:45
318 марта
Urgançda yangi avtobuslar harakati kengaymoqda, ammo bekatlar muammosi saqlanib qolmoqdaUrganç şahrida jamoat transporti tizimida ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda. Xususan, şahrimizning markaziy köçalarida, jumladan 19-yönaliş böyiça yangi avtobuslar harakati yölga qöyildi. Bu aholi uçun juda quvonarli holat bölib, şahar içida harakatlanişni ança yengillaştirmoqda.
Biroq amalda ayrim jiddiy muammolar ham mavjud. Ayniqsa, Dehqon bozori oldida joylaşgan bekatlarda avtobuslar töxtab, yölovçi tuşirib-olişda qiyinçilikka uçramoqda. Sabab — bekat oldilarini taksi haydovçilari egallab olgan. Bu holat avtobus haydovçilariga töxtaş imkonini bermayapti, yölovçilar esa yöl örtasida çiqib-kirişga majbur bölmoqda.
Natijada:
- jamoat transporti harakati sekinlaşmoqda;
- tirbandlik yuzaga kelmoqda;
- yölovçilar hayoti va xavfsizligiga xavf tuğilmoqda.
Özbekiston Respublikasining “Yöl harakati xavfsizligi töğrisida”gi Qonuniga köra, jamoat transporti bekatlari maxsus hudud hisoblanadi. Uşbu hududlarda:
- şaxsiy avtotransport vositalarining, jumladan taksilarning töxtab turişi;
- avtobuslarning töxtaşiga tösqinlik qiliş;
- yölovçilarning erkin va xavfsiz çiqib-kirişiga xalaqit beriş
qatiyan taqiqlanadi.
Mazkur holatni bartaraf etiş uçun:
- şahar transport boşqarmasi tomonidan bekatlar atrofida nazorat kuçaytirilişi;
- Dehqon bozori oldidagi yöl çiziqlari va bekat belgilari qayta tiklanişi;
- YPX xodimlari tomonidan muntazam reydlar ötkazilişi;
- taksi töxtaş joylari aniq belgilab qöyilişi
zarur.