Pokistonda qonli portlaş: 11 kişi halok böldi
Pokistonning Dera Ismoil Xon şahrida yuz bergan portlaş oqibatida 11 kişi halok böldi, yana 30 kişi jarohatlandi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.
Qayd etilişiça, portlaş keça, 26 sentyabr kuni mamlakatning şimoli-ğarbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatining Darazinda hududida, Aman Mela yaqinida sodir bölgan.
Portlaş oqibatida 11 kişi halok bölgan, yana 30 kişi turli darajada jarohatlangan. Hodisa joyiga Darazinda qutqaruv bölimi xodimlari yetib borib, jarohatlanganlarga tibbiy yordam körsatgan va ularni şifoxonaga olib ketgan.
Portlaş uçun javobgarlikni “Tehrik-i-Tolibon Pokiston” yani “Pokiston Tolibonlari” deb ataluvçi qurolli guruh öz zimmasiga olgan.
Dera Ismoil Xon Afğoniston bilan çegaradoş hududlarga yaqin joylaşgan bölib, şaharda avval ham “Tolibon” jangarilar tomonidan, xususan, politsiya va xavfsizlik kuçlariga qarşi hujumlar sodir etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pokistonning Afğoniston çegarasi yaqinidagi notinç şimoli-ğarbiy hududida joylaşgan masjidda uyuştirilgan portlaş oqibatida kamida 15 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.