Vengriya Boş vaziriga miting vaqtida tuxum otildi
Vengriya Boş vaziri Peter Madyar Solnok şahridagi mitingda nutq sözlayotgan vaqtida tomoşabinlar orasidan sahnaga tuxum otildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Qayd etilişiça, tuxum otilganidan söng Boş vazirning ortida darhol qöriqçilar paydo bölgan va uning nutqi qisqa vaqtga töxtatilgan. Keyinçalik politsiya tuxum otgan erkakni qölga olgan. Erkakning özi Madyarga tuxum tegmaganidan afsusda ekanini va u Boş vazirning boşini nişonga olganini aytgan.
Madyar hodisadan söng tarafdorlarini hujumçiga nisbatan ğazablanmaslikka çaqirgan. Unga köra, bunday xatti-harakatlarga borayotgan odamlar özlari işongan siyosiy jamoaning parçalanişi va ilgari berilgan vadalarning bajarilmagani bilan yuzma-yuz kelmoqda.
Şuningdek, Madyar mitingda muxoliflarini tanqid qilib, parlamentdagi ayrim siyosatçilar haqida keskin fikrlar bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Seksard şahridagi vino festivalida ovqat oliş uçun navbatda turgan vaqtida bir erkak Peter Madyarning yuziga şarob sepib yuborgan edi.