Kanadada vertolyot halokatga uçradi. Qurbonlar bor
Kanadaning Kvebek provintsiyasida vertolyot halokatga uçraşi oqibatida bortdagi tört kişi halok böldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 26 sentyabr kuni Monreal şahridan 50 kilometr uzoqlikdagi Sent-Brijid-d’Ibervil hududida sodir bölgan. Favqulodda xizmatlarga hodisa haqida mahalliy vaqt bilan soat 14:30 dan köp ötmay xabar kelib tuşgan.
Voqea joyiga yetib borgan qutqaruv va huquq-tartibot xodimlari vertolyotni yonğin içida aniqlagan. Bortdagi tört kişining barçasi voqea joyida halok bölgan.
Taxminan bir soat ötib, yonğin nazoratga olingan. Şunga qaramay, mutaxassislar keçki soat 22:00 ga qadar hodisa joyida iş olib borgan.
Viloyat politsiyasi hozirça qurbonlarning şaxsini oşkor qilmagan. Politsiya vakili ularning şaxsini aniqlaş jarayoni bir neça kun davom etişi mumkinligini bildirgan.
Dastlabki malumotlarga köra, vertolyot xususiy havo kemasi bölgan. Hodisa yuzasidan Kvebek politsiyasining Oğir jinoyatlar bölimi tergov olib bormoqda. Tergovga Kanada Transport xavfsizligi kengaşi mutaxassislari ham jalb etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida harbiy samolyot halokatga uçraşi oqibatida bortdagi 13 kişining barçasi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.