USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Zelenskiyning “quloğini çözib qöydi“

164 марта
Трамп Зеленскийнинг “қулоғини чўзиб қўйди“

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga berilayotgan zarbalarni kamaytirişga çaqirganini aytdi. Zelenskiy esa bunga rozi bölişi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Tramp bugun, 28 sentyabr kuni Oq uyda jurnalistlarga bergan bayonotida malum qildi.

“Men Prezident Zelenskiy bilan gaplaşdim. Unga neftni qayta işlaş zavodlariga zarbalarni kamaytiriş kerakligini aytdim. U: “Ehtimol, şunday qilarmiz”, deb javob berdi”, degan Tramp.

AQŞ Prezidenti Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga hujumlar dunyoda energiya, xususan, dizel yonilğisi narxining oşişiga sabab bölayotganini bildirgan. Uning sözlariga köra, energiya narxlarining kötarilişini faqat Yaqin Şarqdagi vaziyat bilan boğlaş töğri emas.

“Muammoning asosiy sababi Rossiyada neftni qayta işlaş zavodlari portlatilayotganidir. Bu Yaqin Şarq muammosi emas, balki köproq Ukraina va Rossiya örtasidagi muammo”, degan u.

Malumotlarga köra, 2026 yil boşidan buyon Ukraina Qurolli kuçlari Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga 70 martadan ortiq zarba bergan. Hujumlar oqibatida bir neça önlab zavodlarning faoliyati izdan çiqqan. Faqat avgust oyida oltita yirik zavod tamirlaş uçun faoliyatini töxtatgan.

“EA Analytics” malumotlariga köra, zavodlar faoliyatidagi uzilişlar sabab Rossiyada neftni qayta işlaş hajmi 2002 yildan beri eng past darajaga tuşgan. Bu mamlakatda yoqilği tanqisligi yuzaga kelişi va uning eksportiga taqiq joriy etilişiga sabab bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq ham Tramp Zelenskiyni Rossiyaning dizel yonilğisi bilan boğliq obektlariga zarba berişni töxtatişga çaqirgan edi. Keyinçalik u Ukraina va Rossiya energetika obektlariga özaro hujumlarni töxtatişga kelişib olganini malum qilgan. Biroq Kiyev va Moskva energetik sulhga tayyorligini amalda tasdiqlamagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: