“Kattakaonlar” ezozda: Turkmanistonda yirik harbiy parad ötkazildi (foto, video)
Keça, 27 sentyabr kuni Turkmanistonda mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali harbiy parad bölib ötdi. Tadbirda Turkmaniston Prezidenti, Mamlakat Qurolli kuçlari Oliy Boş Qömondoni armiya generali Serdar Berdimuhamedov iştirok etdi. Bu haqda TDH xabar berdi.
Qayd etilişiça, paradni Turkmaniston davlat bayroği va Qurolli kuçlarning barça qöşin turlari jangovar bayroqlari bilan bayroqdorlar guruhining ötişi oçib bergan. Söng davlat tribunasi oldidan Mudofaa vazirligining Berdimuhamed Annayev nomidagi Ixtisoslaştirilgan harbiy maktabi kursantlari ötgan.



Tantanali marşda harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillari, jumladan, ayol harbiy xizmatçilar iştirok etgan. Tribuna oldidan Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Milliy xavfsizlik vazirligi, Davlat çegara xizmati, Davlat bojxona xizmati va Davlat migratsiya xizmatining ofitserlar batalonlari ötgan.



Harbiy tayyorgarlikni sohaviy öquv yurtlari kursantlari ham namoyiş etgan. Paradda Mudofaa vazirligining Harbiy instituti va Harbiy-dengiz instituti vakillari, Fuqaro muhofazasi va qutqaruv işlari kursantlari bataloni, şuningdek, IIV instituti, Milliy xavfsizlik instituti va Çegara instituti kursantlari iştirok etgan.






Harbiy kolonnalar tarkibida motoöqçi bölinmalar, Harbiy-havo kuçlarining turkman uçuvçilari bataloni, tank va artilleriya qismlari namoyiş etilgan. Parad safida ilk bor aloqa qöşinlari harbiy xizmatçilari ötgan. Şuningdek, dengiz piyodalari bölinmalari va toğ-öqçi batalonlari ham iştirok etgan.

Harbiy kolonnalar ötişini Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Milliy xavfsizlik vazirligi va Davlat çegara xizmatining “Türkmen edermen” maxsus topşiriqli bölinmalari yakunlab bergan.