USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya tahdidi: NATO davlatlari aholini evakuatsiya qiliş rejasini tayyorlamoqda

177 марта
Россия таҳдиди: НАТО давлатлари аҳолини эвакуация қилиш режасини тайёрламоқда

NATO mamlakatlari Rossiya tahdidi sababli aholini evakuatsiya qiliş rejasini tayyorlamoqda. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Suvalki koridori – Belarus hududidan Kaliningrad viloyatigaça ötadigan Litva-Polşa çegarasining taxminan 100 kilometrga yaqin qismi bölib, NATOning “axilles tovoni” (eng ojiz nuqtasi) hamda alyansning şarqiy qanotida Rossiyaning asosiy potentsial nişonlaridan biri hisoblanadi. Ğarb razvedka xizmatlarining Rossiya Prezidenti Vladimir Putin NATO mamlakatlariga qarşi qurolli harakatlargaça bölgan eskalatsiyaga borişi mumkinligi haqidagi ogohlantirişlari fonida, Litva va Polşa Rossiya hujumi yuz bergan taqdirga möljallangan rejalarni tayyorlamoqda.

Vilnyus va Varşava aholini Suvalki koridori orqali evakuatsiya qiliş yönalişlarini taşkil etiş uçun protseduralar, logistika va infratuzilmani tayyorlamoqda. Çegaradagi maşğulotlarda iştirok etiş uçun 20 ga yaqin polşalik xodim Litvaga yetib borgan. Sinovlarda Litva xizmatlarining 3000 ga yaqin xodimi va 1000 nafar volontyor iştirok etmoqda. Mamlakatlar uşbu rejalarni amalga oşiriş uçun asos böluvçi ikki tomonlama bitim ustida işlamoqda. 

“Bu rejalar, şuningdek, zarurat tuğilganda Latviya va Estoniya aholisini ham evakuatsiya qilişni közda tutadi”, deydi Litva Inqirozli vaziyatlarni boşqariş milliy markazi direktori Vilmantas Vitkauskas.

Ğarb maxsus xizmatlarining ogohlantirişiça, Putin Davlat dumasiga saylovlardan söng “yaşirin safarbarlik” uçun zamin tayyorlamoqda, uşbu jarayonda xizmatga minglab rossiyaliklar çaqirilişi mumkin. 

“Biz, agar şunday qaror qabul qilinsa, uni amalga oşiriş imkonini beruvçi mamuriy tayyorgarlikni kuzatmoqdamiz”, deydi ulardan biridagi manba “The Telegraph” naşriga.

Vitkauskasning aytişiça, Litva, şuningdek, harbiy harakatlar sodir bölgan taqdirda, öz safarbarligini taminlaş va “muhim asosiy lavozimlarni egallagan şaxslarning mamlakatdan çiqib ketişining oldini oliş” maqsadida Polşa bilan çegarada nazorat joriy etiş imkoniyatini körib çiqmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniya hukumati köp yillardan beri birinçi marta yirik qurolli nizo uçun möljallangan milliy harakatlar rejasini yangilagani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: