Gaitida qurolli tödaning qasos hujumida kamida 11 kişi halok böldi
Gaitining markaziy Artibonit hududida xavfsizlik operatsiyasidan keyin qurolli bandalarning qasos hujumi oqibatida kamida 11 kişi halok böldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 28 sentyabr kuni sodir bölgan. Mahalliy mer Huber Seneakning aytişiça, qurolli bandalar aholi yaşaydigan hududga hujum qilib, odamlarni öldirgan va uylarni yoqib yuborgan. U halok bölganlar soni 11–12 nafar ekanini malum qilgan.
Hodisadan oldin kun davomida BMT kömagidagi Ganglarni bostiriş kuçlarining Şri-Lanka bölinmasi noqonuniy pul yiğiş punktlarini taşkil qilgan banda azolariga qarşi operatsiya ötkazgan. Kuçlar bayonotiga köra, operatsiya natijasida 3 nafar banda azosi öldirilgan.
Merning aytişiça, BMT kömagidagi kuçlar hududda bir neça soat qolganidan söng özlari joylaşgan Gonaiv şahriga qaytib ketgan.
“Zöravonlar qasos sifatida hujum qilib, odamlarni öldirdi va uylarni yoqib yubordi”, degan Seneak.
Gaiti Inson huquqlarini himoya qiliş milliy tarmoği rahbari Rozi Dusena qurbonlar va yetkazilgan zararning aniq miqdori hozirça nomalum ekanini aytgan. U bir oilaning bir neçta azosi halok bölgani haqida malumot olinganini bildirgan.
Merning malum qilişiça, hujum sodir bölgan hudud Kokorat San Ras qurolli tödasining tayanç nuqtalaridan biri hisoblanadi.
Gaitining xavfsizlik bilan boğliq inqirozi poytaxt Port-o-Prensdan taşqari hududlarga ham tarqalmoqda. Qurolli tödalar mamlakatda öz nazorati ostidagi hududlarni kengaytirmoqda.
BMT kömagidagi Ganglarni bostiriş kuçlarining vakolat muddati ham bu hafta yakunlanişi kerak. Uni uzaytiriş masalasi BMT Xavfsizlik kengaşida bugun, 29 sentyabr kuni ovozga qöyilişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq ham Gaiti poytaxti Port-o-Prens yaqinidagi Kenskoff hududida qurolli bandalarning tungi hujumi oqibatida kamida 47 kişi halok bölgan, yana 22 kişi jarohat olgandi.