Putin uçun Uralda “Qiyomat kuni bunkeri” qurildi
Sverdlovsk viloyatining şimolida “Grot” (1335-sonli obekt) şartli nomi ostida maxfiy obekt barpo etildi. U aloqa uçun zarur bölgan muayyan çastotadagi radiotolqinlarni ötkazuvçi toğ jinslaridan iborat Kosvinskiy Kamen toği içida yaşirilgan. Bu haqda uşbu ulkan bunkerni quriş va jihozlaşga oid hujjatlarni, şuningdek, oçiq manbalardagi malumotlar va obektga aloqador şaxslarning xabarlarini örgangan “Dose” markazi, “Danwatç” va “The Sunday Times” tadqiqotçilari xabar berdi.
Olingan malumotlarga köra, “Grot” – Ğarbda “Dead Hand” (“Ölik qöl”) sifatida tanilgan, hokimiyat tomonidan modernizatsiya qilingan “Perimetr” strategik yadro kuçlarini zaxiradan boşqariş tizimining asosiy tugunidir.
1970-yillarda “Perimetr”ni işlab çiqişda iştirok etgan, 2005–2010 yillarda esa uni modernizatsiya qilişga rahbarlik qilgan istefodagi general-mayor Viktor Xalinning sözlariga köra, Prezident Vladimir Putin 2005 yilning may oyida tizimning yangi boşqaruv böğinini quriş töğrisidagi maxfiy farmonni imzolagan. 2010 yilga kelib yangi tizim sinovdan ötkazilgan va “Grot”ga yuborilgan. 2020 yilga kelib toğ yaqinida harbiy şaharça qad rostlagan. Mamlakat rahbariyati yöq qilingan taqdirda avtomatik rejimda qasos yadro zarbasini yöllaşi kerak bölgan strategik obektning özi toğ içida joylaşgan bölib, u yerosti xonalari va tonnellar, radiomarkazlar, aloqa va hayotni taminlaş tizimlari, şuningdek, strategik yadro kuçlarini boşqariş apparaturasining özini öz içiga oladi.
Xalinning tuşuntirişiça, Rossiya rahbariyati 1335-obekt tufayli “qasosni ham avtomatlaştirilgan, ham avtomatik rejimda”, yani yakuniy qarorni qabul qilişda inson iştirokisiz amalga oşiriş vositasiga ega bölgan. Taqqoslaş uçun: Sovet “Perimetr”ida sönggi “tugmani bosiş” maşina emas, balki navbatçi ofitserlar çekiga tuşar edi. Örganilgan hujjatlardan körinişiça, tizimning töliq avtomatik rejimda işlaganiga oid dalillar mavjud emas.
Stenford universiteti professori, amerikalik yadro qurollarini tarqatmaslik böyiça mutaxassis Jeffri Lyuisning hisoblaşiça, Kreml “Grot”ni “barqarorlaştiruvçi element” – Rossiya rahbarlariga “köproq işonç va vaqt” beradigan vosita deb biladi.
“Ular buni qandaydir karikaturaviy yovuz bölganliklari uçun qilişayotgani yöq. Ular qalban özlarini beqaror his qilganliklari uçun şunday yöl tutişmoqda. AQŞ Putinga nisbatan Eron yetakçisi bilan qilgan işini takrorlaşi mumkinligidan xavotirdalar”, deydi u.
Davlat xaridlarining örganilgan hujjatlariga köra, qurilişi 1982 yilda boşlangan obekt uçun 22 ming tonna pölat va 56 ming tonna tsement yetkazib berilgan. Hisob-kitoblarga köra, uşbu materiallar miqdoridan Moskva metrosining yondoş tonnellari bilan birgalikdagi ikkita yirik zamonaviy bekatini qurişga yetadigan darajada beton işlab çiqariş mumkin edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Soçida Vladimir Putinning buzib taşlangan “Boçarov ruçey” qarorgohi örnida yangi kompleks qurilişi yakunlanayotgani haqida xabar berilgan edi.