Ukrainada bir soatlik havo hujumi xavfi qançaga tuşmoqda?
Ukrainada havo hujumi haqidagi signal sabab korxonalar faoliyati töxtatiladigan har bir soat mamlakat iqtisodiyotiga 45 million dollarga tuşmoqda. Bu haqda Ukraina Iqtisodiyot va ekologiya vaziri Aleksandr Kravçenko “The Guardian” naşriga malum qildi.
Qayd etilişiça, Rossiyaning hujumlari iqtisodiyotning katta qismini faoliyatini töxtatişga majbur qilmoqda. Xodimlar bomba boşpanalariga yuboriladi, havo hujumi sirenalari esa kuniga 10 soatgaça yangraşi mumkin.
“Biz oxirigaça oldindan köra olmagan jihatlardan biri Rossiyaning reaktiv dvigatelli dronlarni qançalik tez işlab çiqişi va ulardan turli nişonlarga hujum qilişda foydalanişni boşlaşi böldi”, degan Kravçenko.
Vazirning sözlariga köra, korxonalarning yarmidan köpi “sariq” xavf darajasi vaqtida ham işlaşda davom etgan. Biroq “sariq” xavf darajasi xavfsizlik kafolatini bermaydi. Bu holat joriy yilning 28 sentyabr kuni yaqqol namoyon böldi. Öşanda Rossiyaning reaktiv dvigatelli droni Kiyev markazidagi Milliy fanlar akademiyasi binosiga “sariq” xavf darajasi vaqtida urilgan. Oqibatda öşa paytda binoda işlayotgan 2 kişi halok bölgan.
Kravçenkoning bildirişiça, faqat joriy yilning özida Rossiya hujumlari Ukraina asosiy vositalariga qariyb 10 milliard dollar miqdorida zarar yetkazgan. Hujumlar nişonlari orasida metallurgiya zavodlari, omborlar, logistika infratuzilmasi va yaqinda malumotlarni qayta işlaş markazlari ham bölgan.
Bundan taşqari, Rossiya Ukraina eksportining asosiy qismi amalga oşirilgan Qora dengiz portlarini amalda bloklab qöygan.
Vazirning sözlariga köra, Kiyev hozir Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Kanada va Buyuk Britaniyadan qöşimça yordam olişga intilmoqda. Xususan, kelgusi yilga rejalaştirilgan kreditlarni muddatidan oldin ajratiş imkoniyati ham körib çiqilmoqda.
Malumot uçun, Krivoy Rog şahri sanoat korxonalaridan tuşadigan soliq tuşumlari kamaygani sabab şahar byudjetini qisqartiriş va ayrim rivojlaniş loyihalarini töxtatişga qaror qilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning sentyabr oyida Ukraina metallurgiya sanoatida mutlaq antirekord qayd etilgandi. Sönggi 100 yil içida ilk bor mamlakat korxonalari bir tonna ham pölat eritmagandi.