Maşhurga 74 darra uriladigan böldi
Eron apellyatsiya sudi xonanda Parastu Ahmadi va uning guruhiga nisbatan çiqarilgan 74 darra uriş haqidagi hukmni özgarişsiz qoldirdi. Şu tariqa, xonanda va yana yetti nafar guruh azosiga nisbatan çiqarilgan hukm yakuniy kuçga kirdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Qum şahridagi apellyatsiya sudi Ahmadi va uning jamoasi advokatlarining şikoyatini rad etgan. Sud hukmi joriy yilning iyun oyida çiqarilgan bölib, unda xonanda va guruhining sakkiz nafar azosi 74 darra uriş, ikki yil davomida mamlakatdan çiqişni taqiqlaş hamda ikki yil davomida badiiy va audiovizual faoliyat bilan şuğullanişni taqiqlaşga hukm qilingan.
Sud mazkur jazoni Ahmadi 2024 yil dekabr oyida hijobsiz holda ijro etgan va internet orqali namoyiş qilingan kontsert bilan boğlagan. Kontsertda 29 yoşli xonanda yolğiz qöşiq kuylagan, uning çiqişi You Tube orqali tarqalib, millionlab marta tomoşa qilingan. Eron hukumati bu çiqişni mamlakatning “qonuniy va madaniy meyorlari”ga zid deb baholagan.
Gap 2024 yil 11 dekabr kuni elon qilingan “Karvonsaroy kontserti” haqida bormoqda. Parastu Ahmadi tarixiy Deyr-Gaçin karvonsaroyida yozib olingan 27 daqiqalik videoda uzun qora köylakda, boşiga hijob öramagan holda bir neçta qöşiqni ijro etgan. Uning yonida tört nafar musiqaçi erkak ham bölgan.
Naşrga köra, Eron qonunçiligida ayollarning jamoat joylarida hijobsiz yurişi taqiqlangan. Bundan taşqari, mamlakatda ayollarning erkaklar iştirokidagi jamoat kontsertlarida yakkaxon qöşiq kuylaşiga ham çeklovlar mavjud. Ahmadi şu talablarni buzganlikda ayblangan.
Xonanda va uning jamoasi advokatlari apellyatsiya sudidan hukmni qayta körib çiqişni söragan, biroq sud ularning vajlarini yetarli emas deb topgan va iş böyiça alohida majlis ötkazmasdan hukmni öz kuçida qoldirgan.
Şuningdek, inson huquqlari taşkilotlari 74 darra jazosini keskin qoralagan. Huquq faollari bunday jazoni inson qadr-qimmatini kamsituvçi va “qiynoq turi” sifatida baholagan.
Naşrga köra, Ahmadi işining yangi bosqiçi Eronda majburiy hijob talablariga rioya qilmayotgan ayollarga nisbatan bosim kuçaytirilayotgan bir paytga töğri kelmoqda. Mamlakatda 2022 yildagi ommaviy noroziliklardan keyin köplab ayollar jamoat joylarida hijobsiz yurişni davom ettirmoqda. Şu bilan birga, Eron sud tizimi rahbari Ğulom Husayn Muhsini Ejeyi yaqinda majburiy hijobga qarşi çiqişlarga nisbatan yangi çoralar körilişini talab qilgan.
Ahmadi va uning jamoasiga berilgan darra jazosi qaçon ijro etilişi hozirça aniq emas.