USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“11 sentyabr stsenariysi”. Isroil Flydubai samolyotidagi holat böyiça versiyani elon qildi

153 марта
“11 сентябрь сценарийси”. Исроил Flydubai самолётидаги ҳолат бўйича версияни эълон қилди

Isroil maxsus xizmatlari BAAdan Isroilga uçayotgan Flydubai samolyotining ikkinçi uçuvçisi laynerni Tel-Avivdagi osmonöpar binoga yönaltiriş uçun boşqaruvni egallab olişga uringan deb hisoblamoqda. Bu haqda “The Telegraph” naşriga uçta xabardor manba malum qildi.

“Bu 11 sentyabrga öxşaş stsenariy deb hisoblanmoqda, unda ikkinçi uçuvçi uçuvçini öldiradi va samolyotni aksariyati isroilliklardan iborat bölgan barça yölovçilar bilan birga Isroil hududida qulatadi”, deydi manbalardan biri.

Samolyot 30 sentyabr ertalab ikkinçi uçuvçining kapitanga hujum qilişi ortidan Saudiya Arabistonida favqulodda qönişni amalga oşirdi. Hodisa davomida ikkinçi uçuvçi hamkasbiga çöntak piçoği bilan bir neça bor zarba bergan, şundan söng layner keskin pastga şönğigan. 37 soniya içida samolyot taxminan 4,6 ming metr balandlikni yöqotgan va odatda samolyotni olib qoçişda işlatiladigan “noqonuniy aralaşuv” signalini yuborgan.

Yaniv Xayun ismli yölovçining “The Telegraph” naşriga aytişiça, hodisa vaqtida u kabinaga bostirib kirib, samolyotni boşqarayotgan ikkinçi uçuvçini körgan. 

“Men terrorçini uşlab oldim, unga nisbatan böğiş usulini qölladim va eng avvalo uni taşqariga sudrab çiqardim”, deydi u. 

Şundan söng, Xayun bir muddat samolyot boşqaruvini öz qöliga olgan. Keyinçalik şturvalni bortda bölgan boşqa ikki nafar uçuvçi egallab, laynerni Saudiyaning Tabuk şahriga qöndirgan.

Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu “samolyotni bortdagi barça odamlar bilan birga qulatiş” maqsad qilingan bölişi mumkinligi tekşirilayotganini malum qilgan. Şu bilan birga, u sodir bölgan voqeani töğridan töğri terakt deb ataşdan tiyilgan. Isroil Mudofaa vaziri Israel Kats esa hodisani “jihodga uriniş” deb atagan.

Samolyot qönganidan söng Saudiya Arabistoni hukumati ikkinçi uçuvçini hibsga olgan. U, taxminlarga köra, Ummon fuqarosi hisoblanadi. Uning şaxsi va harakatining sabablari hali rasman tasdiqlangani yöq.

Flydubai aviakompaniyasi yuz bergan hodisa sabablari örganilayotganini bildirgan va “barvaqt xulosa çiqarmaslikka” çaqirgan.

Binyamin Netanyaxuning “Fox News”ga bergan intervyusida aytişiça, Flydubai samolyoti bortidagi teraktning oldini olişga yordam bergan Isroil fuqarosi santexnik bölib işlaydi. 

Eslatib ötamiz, keça, 30 sentyabr kuni Flydubai aviakompaniyasining Dubaydan Tel-Avivga FZ1073 reysi böyiça uçayotgan Boeing 737 MAX 8 yölovçi samolyoti yordam sörab samolyotni egallab olişga uriniş signalini uzatganidan söng, ertalab Saudiya Arabistonining Tabuk şahridagi aeroportga favqulodda qönişni amalga oşirgan edi.

Bortda 174 kişi, jumladan 27 nafar bola bölgan. Bazi yölovçilarning sözlariga köra, avvaliga uçuvçilar kabinasidan baqir-çaqir eşitilgan, keyin kabina eşigi oçilib ketgan, ular bir uçuvçining jarohatlanganini va kiyimi qonga belanganini körişgan. Unga birinçi yordam körsatilgan, yölovçilardan biri şifokor bölib çiqqan. Ekipaj azolari va reys yölovçilariga hujumçini zararsizlantiriş ham muvaffaq bölgan.

Saudiya Arabistoniga qönişni bortda yölovçi sifatida ketayotgan boşqa ikki nafar uçuvçi amalga oşirgan. CNN aniqlik kiritişiça, samolyotni keyingi reysda uçişi kerak bölgan ikki nafar “zaxiradagi uçuvçi” qöndirgan. Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu Saudiya Arabistoni hukumati hamkasbini piçoq bilan jarohatlagan uçuvçini hibsga olganini malum qilgan. Piçoqdan jarohat olgan uçuvçi ekipaj kapitani – Hindiston fuqarosi Smit Maççxar bölib çiqdi. 

“Oğir jarohatlarga qaramay, u qarşilik körsatdi, uçuvçilar kabinasi eşigini oçdi hamda yölovçilar va ekipajga hujumçini zararsizlantirişga imkon berib, havodagi falokatning oldini oldi”, deb yozdi X tarmoğida Binyamin Netanyaxu.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: