Flydubai piçoqbozlikdan söng Isroilga parvozlarni vaqtinça töxtatdi
Flydubai aviakompaniyasi Saudiya Arabistonida favqulodda qönişni amalga oşirgan reys bilan boğliq hodisa suriştiruvi yakunlanguniga qadar Isroilga parvozlarni vaqtinça töxtatdi. Bu haqda aviakompaniya bayonot berdi.
“30 sentyabr kuni FZ 1073 reysi bilan sodir bölgan hodisadan söng hamda tegişli davlat organlari bilan muvofiqlaşgan holda, Flydubai suriştiruv ötkaziliş davrida Isroilga va Isroildan amalga oşiriladigan reyslarni töxtatib turadi”, deyiladi aviakompaniya bayonotida.
Aviataşuvçining bildirişiça, uşbu töxtatiş tegişli organlarga öz işini davom ettiriş va sodir bölgan voqeaning barça tafsilotlarini aniqlaş imkonini beradi.
“Biz olib borilayotgan suriştiruvga har tomonlama kömaklaşiş va butun yönalişlar tarmoğimizda xavfsizlikning eng yuqori standartlariga rioya qiliş tarafdorimiz. Biz davlat organlari, tartibga soluvçi tuzilmalar va aeroport vakillari bilan yaqindan aloqada bölib turibmiz hamda yangi malumotlar çiqişiga qarab parvozlarni töxtatiş haqidagi qarorni qayta körib çiqamiz”, deyiladi bayonotda.
Flydubai samolyoti bortidagi favqulodda hodisa
Isroil Harbiy-havo kuçlari qiruvçi samolyotlari havo kemasi tomon havoga kötarilgan edi. Keyinçalik havo kemasi Saudiya Arabistoniga qöngani malum böldi. Buning ortidan Flydubai aviakompaniyasi Isroil televideniyesiga “Dubay—Tel-Aviv” reysidagi uçuvçilar örtasida bortda muştalaşuv sodir bölganini xabar qildi.
Tez orada samolyot içidan olingan dastlabki foto va videolar paydo böldi. Suratda, taxminlarga köra, hujumçi bilan olişgan yölovçi tasvirlangan. Hukumat esa uçuvçilardan biri samolyotni qasddan qulatişga uringan bölişi mumkinligi haqidagi versiyani tekşirmoqda. Uning harakatlariga ikkinçi uçuvçi va u bilan olişuvga kirişib, falokatning oldini olgan isroillik yölovçilar çek qöygan deb taxmin qilinmoqda.
Şuningdek, samolyot uçuvçilarining fuqaroligi böyiça yana bir versiya yangradi. Rossiya va Ukraina fuqaroligi haqidagi versiyadan söng, uçuvçilar Ummon va BAA fuqaroligiga ega ekani haqida malumotlar paydo böldi. Keyinçalik uçuvçilardan biri hujumdan söng piçoq jarohatlari oqibatida vafot etgan bölişi mumkinligi haqida malumot tarqaldi.
Ommaviy axborot vositalarida Ukraina va Rossiyadan bölgan uçuvçilar yölovçi sifatida uçib ketayotgani va Flydubai samolyoti boşqaruvini öz qöllariga olişgani haqida ham xabar berilgan edi. Keyinçalik Flydubai samolyoti bortida hamkasbining hujumidan jarohat olgan uçuvçi Hindiston fuqarosi Smit Maççxar ekani malum böldi.