USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ikrasevar Kim semizlikdan qiynalmoqda – OAV

106 марта
Икрасевар Ким семизликдан қийналмоқда – ОАВ

Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning vazni 140 kilogrammdan oşib ketdi. Bu haqda Janubiy Koreya razvedka agentligi malumotlariga tayanib, AFP xabar berdi.

Janubiy Koreya parlamenti deputati Yun Gon Yonning aytişiça, razvedka agentligi Kim Çen Inning holatini öta semiz deb baholagan.

Uning sözlariga köra, Şimoliy Koreya yetakçisi yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanişi xavfi yuqori bölgan guruhga kiradi. Biroq Kim Çen In jismoniy faollikda, jumladan, zinadan çiqişda qiyinçilikka duç kelmayapti.

Şuningdek, uning soğliği maxsus tibbiy guruh tomonidan muntazam kuzatib borilayotgani va hozirça jiddiy muammolar kuzatilmayotgani aytilgan.

Qayd etiş joiz, Kim Çen Inning soğliği haqidagi xavotirlar 2020 yilda kuçaygan. Öşa paytda u bobosi Kim Ir Senning tuğilgan kuni munosabati bilan ötkazilgan tadbirda qatnaşmagan va qariyb 20 kun jamoatçilik közidan çetda qolgan. Kim Çen Inning otasi Kim Çen Ir va bobosi Kim Ir Sen ham ortiqça vaznga ega bölgan va köp çekkan. Ularning ikkalasi ham yurak xurujidan vafot etgan.

Malumot uçun, Şimoliy Koreya yadroviy qurol dasturi sabab bir neçta xalqaro sanktsiyalar ostida qolgan. Mamlakat iqtisodiyoti uzoq yillardan beri muammolar bilan yuzlaşib keladi va oziq-ovqat tanqisligi ham saqlanib qolmoqda.

BMTning Şimoliy Koreyadagi inson huquqlari böyiça maxsus maruzaçisi Elizabet Salmon fevral oyida mamlakatdagi oziq-ovqat tanqisligi asosiy gumanitar muammolardan biri ekanini bildirgan.

2019 yilda Şimoliy Koreya va AQŞ sammiti vaqtida Kim Çen Inning şaxsiy oşpazlari bilan işlagan Xanoydagi “Metropol” mehmonxonasi boş oşpazi Pol Smart esa Şimoliy Koreya yetakçisi qimmatbaho taomlarni xuş körişini aytgan. Uning sözlariga köra, Kim Çen In ikra, omar va fuagra kabi taomlarni yoqtiradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In Rossiya bilan qöşma hamkorlikni kengaytiriş va çuqurlaştiriş niyatida ekanini malum qilgandi hamda Rossiyaning Ukrainadagi uruşdagi ğalabasiga işonç bildirgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: