USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina özining taktik ballistik raketasini ilk bor jangda qölladi

169 марта
Украина ўзининг тактик баллистик ракетасини илк бор жангда қўллади

Ukraina mahalliy işlab çiqilgan FP-7 taktik ballistik raketasini ilk bor jangovor şaroitda qölladi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy malum qildi.

“Ukrainaning taktik ballistik raketasi – FP-7. Birinçi jangovor qöllaniş. Natija uçun rahmat”, deb yozdi Zelenskiy özining Telegram-kanalida.

Uning qayd etişiça, navbatdagi bosqiç uşbu raketalarni ommaviy işlab çiqarişni yölga qöyişdan iborat.

Malum bölişiça, FP-7 raketasi “Fire Point” kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan. Kompaniya boş direktori Irina Terex 11 sentyabr kuni raketa ikki bosqiçli sinovdan muvaffaqiyatli ötgani va jangovor şaroitda tekşirişga tayyorlanayotganini aytgan.

FP-7 quruqlikdagi qurilmadan uçiriladi va 200 kilometrgaça bölgan masofadagi nişonlarni urişi mumkin. Raketa 150 kilogrammgaça jangovor kallak olib yurişga qodir, uning maksimal tezligi esa soniyasiga 1,5 kilometrga yetadi.

“Fire Point” kompaniyasi hamraisi va boş konstruktori Denis Ştilerman avvalroq FP-7ni AQŞning ATACMS raketasiga öxşaş qurol sifatida tariflagan. Uning aytişiça, Ukrainada işlab çiqarilgan raketa ATACMS’dan taxminan 2,5 barobar arzon.

Kompaniya, şuningdek, 850 kilometrgaça masofaga uça oladigan FP-9 raketasini ham sinovdan ötkazmoqda. Irina Terexning aytişiça, uning uzoq masofaga uçişi sababli töliq sinovlarni Ukraina hududida ötkazişning imkoni yöq.

“Fire Point” Ukraina armiyasining yirik pudratçilaridan biri hisoblanadi. Kompaniya uzoq masofaga uçuvçi FP-1 zarbdor dronlari hamda FP-5 “Flamingo” qanotli raketalarini işlab çiqaradi.

“Fire Point” FP-7 va FP-9 raketalarini işlab çiqayotganini 2025 yil sentyabrida rasman malum qilgan. Joriy yilning fevralida esa FP-7ning ilk sinov uçirilişini namoyiş etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya kuçlari Ukrainaning şaharlariga dronlar orqali hujum qilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: