USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina Rossiya bilan sulhning 4 ta variantini körib çiqmoqda

127 марта
Украина Россия билан сулҳнинг 4 та вариантини кўриб чиқмоқда

Ukraina Taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga Rossiya bilan öt oçişni töxtatişning tört varianti mavjudligini aytdi. Bu haqda u keça, 1 oktyabr kuni Kiyevda jurnalistlar bilan suhbatida söz oçdi. https://www.gazeta.ru/politics/news/2026/10/02/29437819.shtml

Qayd etilişiça, Ukraina Rossiya bilan öt oçişni töxtatiş böyiça Hindiston, Turkiya, Misr va AQŞdan törtta taklif olgan.

Sibigaga köra, eng keng qamrovli taklif Hindiston tomonidan bildirilgan. U energetika obektlari va Qora dengizda bir vaqtning özida sulh örnatişni nazarda tutadi.

“Biz energetika va Qora dengiz böyiça sulhga tayyormiz, biroq bu ikki yönaliş birgalikda bölişi kerak. Bu barça energetika obektlariga, jumladan, port infratuzilmasiga zarbalarni töliq töxtatişni anglatadi”, degan Ukraina TIV rahbari.

Uning aytişiça, Turkiya va Misr ham Qora dengizda sulh örnatiş böyiça taklif bergan. Bu taşabbuslar Ukrainadan don eksportini qayta tiklaş va dengiz orqali oziq-ovqat yetkazib beriş xavfsizligini taminlaşga qaratilgan.

Vazirga köra, Misr uçun bu masala alohida ahamiyatga ega. Mamlakat Ukraina va Rossiyadan keladigan don taminotiga sezilarli darajada boğliq. Şu sababli, Qora dengizdagi xavfsiz savdo yöllarini tiklaş Misr uçun muhim hisoblanadi.

Törtinçi taklif AQŞ tomonidan bildirilgan. Vaşington Rossiya va Ukraina energetika obektlariga zarbalarni töxtatiş böyiça kelişuvga erişişini taklif qilmoqda. Bu masala AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uçraşuvida ham muhokama qilingan.

Sibiga Ukrainaning sulhning turli şakllarini körib çiqişga tayyorligini aytgan. Jumladan, Kiyev front çiziği böylab şartsiz öt oçişni töxtatiş variantini ham muhokama qilişga tayyor.

Uning fikriça, Rossiya va Ukraina Prezidentlari Vladimir Zelenskiy hamda Vladimir Putinning uçraşuvi sulh böyiça kelişuvga erişiş imkonini berişi mumkin.

Şu bilan birga, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 1 oktyabr kuni Ukrainadagi harbiy harakatlarni töxtatiş böyiça ayrim takliflarni tanqid qilgan. Xususan, u Rossiya neftini qayta işlaş zavodlari va Ukraina kemalariga zarbalarni özaro töxtatiş ğoyasini “manosiz” deb atagan. Putin bunday masalalarni faqat tomonlarning özaro manfaatlarini hisobga olgan holda muhokama qiliş mumkinligini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Vladimir Putin Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça barça takliflar hali ham muhokama uçun oçiq ekanini, biroq Moskva öz manfaatlarini hisobga olişi kerakligini bildirgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: