Rossiya Ukrainaning Qora dengiz böyiça sulh taklifini rad etdi
Rossiya Taşqi işlar vazirligi Ukraina bilan Qora dengizda özaro sulh tuziş uçun asos körmayotganini malum qildi. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Mariya Zaxarova bayonot berdi.
Zaxarova Turkiyaning Qora dengizda harbiy harakatlarni töxtatiş haqidagi taklifiga izoh berar ekan, Rossiya fuqarolik kemalariga qarşi Ukraina dronlari hujumlari davom etayotganini aytib ötgan.
“Vaziyat yaxşilanişi uçun heç qanday şart-şaroit körmayapmiz. Şu sababli Kiyev rejimiga vaqtinçalik nafas rostlaş imkonini beradigan yarim çoralar uçun ham asos yöq”, degan u.
Malumot uçun, joriy yilning 8 avgust kuni Turkiya Taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan Rossiya va Ukrainani Qora dengizda öt oçişni töxtatiş mexanizmini yaratişga çaqirgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi fuqarolik obektlariga zarba berişni özaro töxtatiş taklifini yuborgani haqida xabar berilgan edi. Manbalarga köra, Kiyev uşbu taklifni vositaçi orqali Moskvaga yetkazgan, biroq javob olmagan.