Daniya Qozoğistondan Ukraina uçun Rossiyaga tasir ötkazişni söradi
Bugun, 2 oktyabr kuni Daniya Taşqi işlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen Ostonada Qozoğiston taşqi siyosat idorasi rahbari Muxtor Tleuberdi bilan uçraşuv çoğida respublika hukumatidan Ukrainadagi mojaroda öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişiş uçun Rossiya bilan diplomatik aloqalardan foydalanişni söradi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
“Men Qozoğistonga Ukrainada öt oçişni töxtatiş va tinçlikka erişiş böyiça kelişuvga erişiş uçun Moskva bilan diplomatik aloqalaridan foydalaniş iltimosi bilan murojaat qildim…
Yevropa hali ham xavotirda va biz, albatta, Ukrainada tinçlik tarafdorimiz”, deydi Rasmussen Tleuberdi bilan uçraşuvdan söng jurnalistlarga.
Rasmussen Qozoğistonga qilgan taşrifini ijobiy baholagan.
“Bu qisqa, ammo yetarliça mahsuldor taşrif böldi va men mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni, ayniqsa biznes aloqalarini rivojlantirişga juda optimistik ruhda qarayman”, deydi Lars Lyokke Rasmussen.
Qozoğiston Taşqi işlar vazirlining xabar berişiça, Rasmussen Daniyaning Qozoğiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirişdan manfaatdor ekanini tasdiqlab, mamlakatning taşqi siyosiy va iqtisodiy kun tartibida Markaziy Osiyoning ortib borayotgan ahamiyatini qayd etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga Rossiya bilan öt oçişni töxtatişning tört varianti mavjudligini aytgan edi. Malum bölişiça, Ukraina Rossiya bilan öt oçişni töxtatiş böyiça Hindiston, Turkiya, Misr va AQŞdan törtta taklif olgan.