Qariyb 6 mln qoçqin bola maktabga bora olmayapti – BMT
2025 yilda butun dunyo böylab qariyb 6 million qoçqin bola maktabga bormagan. Moliyalaştirişning global qisqartirilişi yana millionlab bolalarni talimdan mahrum qiliş va köp yillik ilgarilaşni yöqqa çiqariş xavfini tuğdirmoqda. Bu haqda BMTning Qoçqinlar böyiça Oliy komissari boşqarmasi xabar beradi.
Boşqarma özining “Kelajak sari yöllar: talim, imkoniyatlar va mustaqillik” nomli yillik hisobotida mavjud vaziyatga öz bahosini beradi: ötgan yili maktab yoşidagi 13,1 million qoçqin bolaning 5,8 millioni yoki 44 foizi talim muassasasiga qatnamagan.
Başlanğiç talimdan örta talimga ötiş qoçqin bolalar uçun eng jiddiy muammolardan biri bölib qolmoqda. 2025 yilda qoçqinlar orasidagi kiçik maktab yoşidagi bolalarning 65 foizi boşlanğiç maktabga qatnagan, ammo atigi 32 foizi örta maktabda tahsil olgan.
Qizlar uçun vaziyat yanada yomonroq. Boşlanğiç maktabda qizlar va öğil bolalar qariyb teng uluşda öqiydi, ammo örta talimda farq keskin ortadi: qaşşoqlik, xavfsizlik tahdidlari, erta turmuş quriş va boşqa omillar tobora köproq ösmir qizlarni maktabni tark etişga majbur qilmoqda.
Oliy talim sohasida esa vaziyat biroz yaxşilangan. Ötgan yili oliy öquv yurtlarida tahsil olayotgan qoçqinlar uluşi bir yil oldingi 9 foizga nisbatan rekord darajadagi 11 foizga yetgan. Umuman olganda, 450 mingdan ortiq qoçqin ilk bor oliy talim oliş imkoniyatiga ega bölgan – bu butun kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori körsatkiç. Oliy talim qoçqin ayollar va qizlar uçun alohida qiymatga ega: u könikmalar, malaka, iş va kattaroq iqtisodiy mustaqillikka yöl oçadi.
Biroq foydalaniş imkoniyati öta tengsizligiça qolmoqda. Malumot taqdim etgan mamlakatlarning 80 foizdan ortiğida oliy talim olayotgan qoçqinlar uluşi umummilliy körsatkiçdan pastligiça qolmoqda. Daromadi past va mojarolar qamrab olgan davlatlarda qoçqinlarning atigi 2 foizi oliy öquv yurtlarida tahsil olmoqda.
Boşqarma xalqaro hamjamiyatni va rivojlaniş böyiça hamkorlarni talimni moliyalaştirişni himoya qilişga hamda qoçqinlarni qabul qiluvçi davlatlarning milliy tizimlariga investitsiya kiritişga çaqirmoqda.