SI Napoleon davridagi sirli xatni öqişga yordam berdi
Suniy intellekt yordamida Napoleon davriga oid 200 yildan ortiq vaqt davomida öqişning imkoni bölmagan, şifrlangan harbiy xatning mazmuni tiklandi. Bu haqda “Naked Science” xabar berdi.
Qayd etilişiça, gap 1809 yil bahorida Frantsiya generali Ogyust Marmonga yuborilgan harbiy xabar haqida bormoqda. Hujjat Napoleonning öz qöli bilan yozgan maktubi emas, balki Italiya vitse-qiroli Yevgeniy Bogarne ştabidan yuborilgan xabar hisoblanadi.
Tadqiqot uçun 1969 yilda çop etilgan frantsuz harbiy-tarixiy jurnalidagi xat nusxasining skaneri işlatilgan. Hujjatning dastlabki qatori oddiy frantsuz tilida yozilgan bölsa, undan keyingi 24 qatorda sonlar, harflar va qölyozma belgilaridan iborat şifr mavjud bölgan.
Karter Çerçning aytişiça, GPT-6 Astra tasvirni tahlil qiliş, kod yoziş va ehtimoliy variantlarni soliştiriş orqali şifrni yeçişga yordam bergan. Modelning hisoblaş işlari taxminan olti soat davom etgan, tadqiqotçining özi esa buning uçun yana bir neça keça işlagan.
Şifr tizimida bir harf uçun bir neçta belgi işlatilgan, ayrim belgilar esa butun sözlarni anglatgan. Şu sababli, oddiy çastota tahlili yetarli bölmagan. Tadqiqotçi mavjud tarixiy şifr jadvalidan ham foydalanib, qolgan belgilarni frantsuz tilidagi ehtimoliy sözlar bilan soliştirgan. Natijada taxminan 1300 ta şifr birligidan iborat matn tiklangan. Unda öşa davrdagi frantsuz va ittifoqçi qöşinlarning joylaşuvi hamda soni haqida malumotlar borligi aniqlangan.
Xat mazmunini Napoleonning 1809 yil 16 martdagi buyruği bilan soliştiriş ham uning sanasini aniqlaştirişga yordam bergan. Mazkur buyruqda Bogarnega Marmonga qöşinlarning joylaşuvi haqida malumotlarni işonçli ofitser orqali şifrlangan xatda yetkaziş topşirilgani qayd etilgan.
Şu bilan birga, tadqiqotçining özi ham barça belgilar töliq va bir manoda yeçilganini takidlamagan. Ayrim kam uçraydigan belgilar bir neçta manoga ega bölişi mumkin. Biroq uning fikriça, bu noaniqliklar xatning umumiy mazmunini özgartirmaydi.
Qayd etilişiça, tiklangan matn, şifr kaliti va uni qayta tiklaş uçun foydalanilgan dastur ham oçiq elon qilingan. Bu boşqa tadqiqotçilarga natijani alohida belgilar darajasida tekşiriş imkonini beradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq olimlar suniy intellekt yordamida taxminan 2000 yil avval Vezuviy vulqoni otilişi oqibatida kuyib ketgan qadimiy papirus öramini virtual tarzda oçib, undagi matnni öqişga muvaffaq bölgani haqida xabar berilgan edi.