USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Majlis oçildi: Erdöğan nutq sözlayotganda muxolifat zaldan çiqib ketdi

176 марта
Мажлис очилди: Эрдўған нутқ сўзлаётганда мухолифат залдан чиқиб кетди

Keça, 1 oktyabr kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) yangi qonunçilik yiliga kirişdi. Boş assambleyani oçgan Majlis raisi Nömon Kurtulmuşning yangi konstitutsiya va jamğarma inqiroziga oid bayonotlari etiborni tortdi. AKP rahbari va Prezident Rajab Toyib Erdöğan nutq sözlaşni boşlagan paytda “YENİ Parti” (Yangi partiya) raisi Özğur Özel va partiya deputatlari zalini tark etdi. Bu haqda “Medya scope” xabar berdi.

Özel Jumhuriyat xalq partiyasi (ÇP) yetakçisi sifatida 2025 yilda Majlisning oçilişini boykot qilgan. Uşbu qaror ham bahs-munozaralarga sabab bölgan bir paytda, Özel va deputatlar “YENİ Parti” sifatida ilk bor qarşilayotgan yangi qonunçilik yilini Erdöğanga qarşi protest bilan boşlagan.

Boş assambleya yiğilişidan oldin Nömon Kurtulmuş raisligida “YENİ Parti” yetakçisi Özğur Özel, AKP fraktsiyasi rahbari Abdulloh Guler hamda Majlis raisi örinbosarlari, partiyalarning fraktsiya rahbarlari va deputatlar Otaturk haykali poyiga gulçambar qöygan. Marosimda Içki işlar vaziri Mustafo Çiftçi ham iştirok etgan.

Buyuk Millat Majlisi 28-çaqiriq 5-qonunçilik yili soat 14:00 da töplangan Boş assambleya bilan rasman boşlangan. Kurtulmuş Erdöğanni minbarga taklif qilganda “YENİ Parti”, “İYİ Parti” va ÇP deputatlari örinlaridan turmagan. Istiqlol marşi va sukut saqlaş marosimidan söng Erdöğan nutqini boşlamoqçi bölganida “YENİ Parti” deputatlari zalini tark etgan. Erdöğan bir muddat “YENİ Parti” örindiqlari böşaşini kutib turgan. Bu orada AKP safidan Erdöğan şaniga qarsaklar yangragan. 

Özğur Özel joriy yilning 30 sentyabr “Medyascope”ning Majlis oçilişida nima qilişlari haqidagi savoliga: 

“Ertaga Majlisdagi özimizning örnimizni egallaymiz, majlisda iştirok etamiz. Söngra hamkasblarimiz öz saylov okruglaridagi dasturlar uçun jönab ketişadi”, degan. 

Qabul marosimida iştirok etmasligi malum bölgan “YENİ Parti”dan boşqa bir protest kutilmayotgan edi va bu haqda deputatlardan ham heç qanday malumot çiqmagan.

Kurtulmuşning nutqi paytida “YENİ Parti” saflarida harakatlaniş boşlanganidan protestga tayyorgarlik körilayotgani ayon böldi. Özğur Özel va fraktsiya rahbarlari orqa qatordagilarga nimalarnidir aytgan. Deputatlar ham orqalariga ögirilib, qatorma-qator zalini tark etiş qarorini bir-birlariga yetkazgan. Erdöğan minbarda turgan paytda Istiqlol marşi öqilgan, Özel va “YENİ Parti” deputatlari Istiqlol marşidan söng öz joylariga ötirmasdan zalni tark etgan.

Zaldan çiqib ketayotib, jurnalistlarning savoliga javoban Özel şunday degan: 

“Asosiy muxolifat partiyasi sifatida Majlis oçilişida iştirok etdik, Majlis raisining nutqini tingladik, Istiqlol marşimizni öqidik. Bundan buyon partiyamizga nisbatan sud töntarişini amalga oşirib, partiya boş raisi va rahbariyatini özgartirib, örniga öziga maqul bölgan tayinlovni bajargan, prezidentlikka nomzodimizni qamoqqa taşlagan, bugun ertalab Turkiya Şahar hokimliklari uyuşmasi saylovlarida ğalaba qozoniş uçun aybsiz va gunohsiz Mersin şahar hokimiga qarşi operatsiya uyuştirgan kimdirni eşitişga sarflaydigan vaqtimiz yöq”.

Birozdan söng Özel Majlisga qaytib, öz partiyasining Markaziy ijroiya kengaşini töplagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning asosiy muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasining (ÇP) sud qarori bilan lavozimidan çetlatilgan sobiq raisi Özğur Özel partiyadan rasman çiqişi va yangi siyosiy partiya tuzayotganini malum qilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: