USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şveytsariya Prezidenti istefoga çiqişini elon qildi

99 марта
Швейцария Президенти истеъфога чиқишини эълон қилди

Şveytsariya Prezidenti Gi Parmelen hukumatdagi 11 yillik faoliyatidan söng 2026 yil oxirida Federal kengaşni tark etişini malum qildi. Bu haqda u bugun, 2 oktyabr kuni Berndagi matbuot anjumanida malum qildi.

“Neue Zürçer Zeitung” naşrining yozişiça, Parmelen bu qarorini yoşroq avlodga örin böşatiş istagi bilan izohlagan. Uning sözlariga köra, hukumatga, ayniqsa geosiyosiy qiyinçiliklar davrida yangi kuçlar kerak. Şu tariqa, siyosatçi Şveytsariya Prezidenti lavozimidagi ikkinçi muddati yakunlangaç, yil oxirida lavozimini tark etmoqçi.

Parmelen, şuningdek, istefoga çiqiş qarori uning salomatligi holati bilan boğliq emasligini bildirgan. U 2016 yildan beri Federal kengaş tarkibiga kiradi, 2019 yildan esa Federal iqtisodiyot, talim va tadqiqotlar departamentiga rahbarlik qilib kelmoqda.

Malumot uçun, Gi Parmelen – Şveytsariya davlat va siyosat arbobi, Şveytsariya Xalq partiyasi (SVP) azosi. U 1959 yil 9 noyabrda Vo kantonining Bursen şahrida tuğilgan. Mutaxassisligi böyiça qişloq xöjaligi mutaxassisi va uzumçi hisoblanadi. Siyosiy faoliyatini mahalliy va kanton darajasidagi organlarda boşlagan, 2003 yildan 2015 yilgaça esa Şveytsariya Milliy kengaşi (parlament quyi palatasi) deputati sifatida faoliyat yuritgan.

2016 yilda Gi Parmelen mamlakatning oliy ijroiya organi – Şveytsariya Federal kengaşi (hukumati) tarkibiga saylangan. U 2016-2018 yillarda Mudofaa, aholini muhofaza qiliş va sport federal departamentini, 2019 yildan buyon esa Iqtisodiyot, talim va tadqiqotlar federal departamentini boşqarib kelmoqda. Bundan taşqari, Şveytsariyadagi davlat rahbarining rotatsiya tizimiga muvofiq, Parmelen 2021 yilda mamlakat Prezidenti lavozimini egallagan bölsa, 2026 yilda ikkinçi muddatga Şveytsariya Prezidenti etib saylangan. Hukumatdagi 11 yillik faoliyati davomida u özini vazmin va muvozanatli siyosatçi, ayniqsa turli inqirozli vaziyatlarni samarali boşqaruvçi rahbar sifatida namoyon etgan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuçiç ikkinçi va sönggi beş yillik prezidentlik muddati tugaşiga yetti oy qolganida istefoga çiqqani, bu esa mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini ötkazişga yöl oçgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: