Olimlar xavotirda: Yerda suv aylaniş tizimi izdan çiqdi
Butunjahon meteorologiya taşkiloti (JMT) tomonidan ötkazilgan dunyodagi çuçuk suv zaxiralarining yillik tahliliga köra, Yer yuzida suv aylanişi qazilma yoqilğilar bilan ifloslaniş sababli buzilmoqda. Bu esa köplab xavfli oqibatlarni, jumladan, daryo özanlarining qisqarişi, muzliklarning yöq bölib ketişi hamda suv toşqinlari va qurğoqçiliklar örtasidagi keskin tebranişlarni keltirib çiqarmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.
Tabiatdagi suv aylanişi – bu suvning Yer böylab harakatlanişini taminlaydigan murakkab tizimdir. Suv yer yuzasidan, şu jumladan köllar va daryolardan buğlanadi hamda atmosferaga kötarilib, yomğir yoki qor şaklida qaytib Yer yuziga tuşişdan oldin katta masofalarni bosib öta oladigan ulkan suv buği oqimlarini hosil qiladi.
Butunjahon meteorologiya taşkilotining (JMT) 1 oktyabr kuni elon qilingan va kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yillardan biri bölgan 2025 yilni qamrab olgan global suv resurslari holati töğrisidagi hisobotida bu tsiklik jarayon “pala-partiş va tartibsizroq” bölib borayotgani aytiladi.
Suniy yöldoş malumotlariga asoslangan hisobotga köra, Yerning daryolari, köllari, suv qatlamlari, muz, qor va tuproğida saqlanadigan çuçuk suvning umumiy hajmi kamaymoqda. 2025 yilda dunyo hududining 42 foizida suv zaxiralari darajasi tarixiy meyordan past bölgan.
“Vaziyat ravşan: quruqlikdagi suv zaxiralari global miqyosda taxminan 2016 yildan beri kamayib bormoqda”, deydi JMTning Gidrologiya va kriosfera böyiça direktori Ueyn Jenkinson.
Ötgan yil dunyo daryolari uçun oxirgi 35 yildagi eng qurğoqçil yillardan biri bölgan va Şimoliy Amerikaning katta qismi, Janubiy Amerikaning bazi hududlari, Şarqiy Yevropa, Yaqin Şarq hamda Markaziy Osiyo kabi mintaqalarga tasir körsatgan.
Daryolar hayot uçun muhim bölgan savdo arteriyalari, aholi, qişloq xöjaligi va sanoat uçun suv manbalari, elektr energiyasi işlab çiqaruvçilar, jangovar va yovvoyi hayvonlarning yaşaş joylari hamda sayyohlik maskanlari hisoblanadi.
Sayyorada allaqaçon yetti yildan beri daryo oqimining anomal yuqori darajasi kuzatilmoqda. Hisobotga köra, garçi bazi daryolarda 2025 yilda suv sathi örtaça körsatkiçdan yuqori bölgan bölsa-da, Janubiy va Janubi-Şarqiy Osiyo hamda Avstraliyaning ayrim hududlarida daryolarning katta qismida suv sathi örtaçadan past bölgan.
Ana şunday holat dunyodagi yer osti suvlari zaxiralarida ham kuzatilmoqda. Muzlagan mintaqalarda ham xavotirli özgarişlar kuzatilgan. 2025 yilda ketma-ket törtinçi yil barça mintaqalarda muzliklarning miqyosli qisqarişi yuz bergan. Hisob-kitoblarga köra, 2023 yildan 2025 yilgaça bölgan davrda muzliklar şunçalik köp suv yöqotganki, u bilan taxminan 560 million olimpiya ölçamidagi basseynini töldiriş mumkin edi.
Muzliklarning erişi suv toşqinlari va dengiz sathining kötarilişi kabi xavflarni, şuningdek, unga qaram bölgan ikki milliard aholi uçun suv tanqisligi xavfini keltirib çiqaradi.
Muzliklar, qor va muz suvning daryo va köllar kabi tezroq qismlariga qaraganda sekinroq harakatlanadigan qismini taşkil qiladi, u yerda suv uzoqroq vaqt davomida töplanadi va kamayadi.
“Ananaviy ravişda, bu sekin töplanadigan zaxiralar sayyoraning jamğarma hisobraqami kabi harakat qilgan: bitta qurğoqçilik yoki bitta quruq mavsum bevosita suv inqiroziga olib kelmasligi uçun noqulay yillarni yumşatuvçi bufer vazifasini ötagan. Biz bu jamğarma hisobraqamini tugatyapmiz”, deydi JMT Boş kotibi Seleste Saulo.
Suv aylanişi özgarişi bilan ob-havo yanada ekstremal bölib bormoqda. Hisobotga köra, oxirgi beş yil rekord suv toşqinlari va qurğoqçiliklar bilan qayd etilgan va bazi joylarda bir ekstremal voqeadan keyingisigaça tiklaniş uçun deyarli vaqt qolmagan.
Hodisalar soni va inson talafotlari böyiça eng köp Osiyo va Afrika jabr körgan. Nigeriya va Kongo Demokratik Respublikasi kabi mamlakatlarda yirik suv toşqinlari yuz bergan, Janubiy va Janubi-Şarqiy Osiyoning bazi hududlari esa ötgan yili tropik tsiklonlar va şiddatli musson yomğirlaridan zarar körgan.
AQŞda 2025 yilning iyul oyida Texasning Hill-Kantri hududidagi halokatli suv toşqini 130 dan ortiq odamning yostiğini quritgan, Karib havzasida esa “Melissa” töfoni orollar, jumladan, Yamayka va Gaiti böylab vayronkorlik keltirib çiqarib, 90 dan ortiq kişining ölimiga sabab bölgan.
Spektrning karama-qarşi tomonida esa Şarqiy Yevropa, Örta yer dengizi va Yaqin Şarqning kuçli qurğoqçilikdan jabr körgan qismlari bölgan.
Bu yil ekstremal hodisalar yanada kuçayişi mumkin, deb ogohlantiriladi hisobotda.
“El-Nino hodisasining kuçayişi bazi hududlarda qurğoqçilik va boşqa joylarda suv toşqinlari xavfini oşiradi”, deydi Saulo.
Hisobotda 60 dan ortiq mamlakatning suv resurslari böyiça malumotlaridan foydalanilgan, biroq mualliflar ekstremal hodisalar eng kuçli bölgan mintaqalarda, jumladan, Osiyo va Afrikada hali ham jiddiy malumotlar tanqisligi mavjudligini takidlamoqda.
“Bu böşliqlarni bartaraf etiş juda muhim, çunki biz özimiz ölçamaydigan narsani boşqara olmaymiz”, deydi Jenkinson.
Hisobotni tayyorlaşda iştirok etmagan Avstraliyaning Kertin universiteti yerosti suvlari va sirtqi suvlar ekologiyasi böyiça tadqiqot guruhi hamrahbari Mattia Sakko bu hisobot global suv aylanişining barça asosiy komponentlari böyiça “xavotirli pasayiş tendentsiyalarini takidlaşini” aytdi.
“Sayyoramizning hayot uçun muhim manbasi bölmiş suvning sifati va miqdori keskin pasayişining oqibatlari biologik xilma-xillikning yöqolişi, ekotizimlarning zaiflaşişi va umuman olganda yanada nozik dunyoni öz içiga oladi. Global suv aylanişining yaxlitligi xavf ostida – biz hoziroq harakat qilişimiz kerak ”, deydi u.