USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Onasini derazadan uloqtirganini kördim“. Gulluning qiziga umrbod qamoq söraldi

264 марта
“Онасини деразадан улоқтирганини кўрдим“. Гуллунинг қизига умрбод қамоқ сўралди

Turkiyalik maşhur xonanda Gulluning ölimi böyiça sudda uning qizi Tuğyan Ulkem Gyulterning dugonasi Sulton Nuröğli “Tuğyan onasini derazadan uloqtirganini kördim”, deya körsatma berdi. Prokuror Gyulterni oğirlaştirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilişni söradi. Bu haqda “Sözcü” xabar berdi.

“Gullu” nomi bilan tanilgan 52 yoşli Gul Tut 2025 yilning 26 sentyabr kuni Yalova viloyati Çinarjik tumanidagi uyining 6-qavatidan yiqilib, vafot etgandi. Uning ölimi böyiça iş yuzasidan hibsda saqlanayotgan qizi Tuğyan Ulkem Gyulter sudda ilk bor körsatma berdi va öziga qöyilgan ayblovlarni rad etdi.

Gyulterning aytişiça, voqea kuni u dugonasi Sulton Nuröğli bilan birga bölgan. Ular uyda film tomoşa qilib, köngilxuşlik qilgan. Gyulter onasi xonaga kirib, ular bilan birga öynaganini, keyin esa orqasi ögirilgan paytda “bam” degan ovoz eşitganini aytgan.

“Orqamga qarasam, onam yiqilib tuşgan ekan. Sultonga “yugur” dedim va birga pastga tuşdik. Men orqam bilan turgan edim, onam yiqilib tuşdi. Unga biror narsa tekkanini körmadim”, degan u.

Biroq Gyulterning dugonasi sudda boşqaça körsatma bergan.

“Biz xonada edik va köngilxuşlik qilayotgandik. Gullu xonaga kirdi. Öşa paytda men oynaga ögirilib, avval boşimdan ötgan baxtsiz hodisa sabab qolgan jarohatlarimga qarayotgandim. Orqamga ögirilganimda, Tuğyanning onasini derazadan uloqtirganini kördim. Keyin u menga “yugur”, dedi”, degan Sulton Nuröğli.

Şuningdek, u dastlab voqea haqida boşqaça körsatma berganini, bunga qörquv va bosim sabab bölganini bildirgan. Keyinçalik advokatiga haqiqatni aytmoqçi ekanini bildirgan va hibsga olingaç, öz körganlarini aytgan.

Bundan taşqari, Sulton Nuröğli dafn marosimi kuni Gyulterning unga “Meni kuydirsang, men ham seni kuydiraman”, deganini aytgan.

Gyulterning özi esa Nuröğli bosim ostida körsatma berganini bildirgan.

“Sulton bosim ostida edi, şuning uçun bunday körsatma bergan. Men ham politsiya bölimida katta bosim kördim”, degan u.

Sudda prokuror Tuğyan Ulkem Gyulterga oğirlaştirilgan umrbod qamoq jazosi tayinlaşni va uning hibsda qolişini söragan.

Sud hayati esa Gyulterning hibsda saqlanişini davom ettirişga qaror qilgan. Keyingi sud majlisi joriy yilning 9 oktyabr kuni soat 09:00 ga belgilangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyalik xonanda Gulluning ölimi böyiça tergovda yangi videokadrlar paydo bölgani haqida xabar berilgan edi. Unda xonandaning qizi Tuğyan Ulkem Gyulter voqeadan keyin politsiya xodimlari bilan birga uyga kirib kelgani va vahima içida onasining ahvoli haqida qayta-qayta söragani aks etgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: