Turkiyada öldirilgan özbekistonlik ayol qotiliga umrbod qamoq jazosi söraldi
14-02-2026, 14:22
353 марта

Turkiyada öldirilgan özbekistonlik ayol qotiliga umrbod qamoq jazosi söraldi
Turkiyaning Oydin viloyati Köşk tumanida 2025 yil 5 iyul kuni soat tungi 03:30 atrofida özbekistonlik 35 yoşli M. Aliyeva özi işlagan kazinoda boşidan öq yegan holda topilib, şifoxonada vafot etgandi. Prokuratura uning ölimi yuzasidan kazino egasi hibsda saqlanayotgan Raşid Yasanga nisbatan “ayolga qarşi qasddan odam öldiriş” moddasi bilan oğirlaştirilgan umrbod qamoq jazosini söradi. Bu haqda T24 xabar berdi.Malum qilinişiça, hodisa joyiga çaqiruvga binoan politsiya va tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelgan. Oğir ahvoldagi ayol tez yordam maşinasida Köşk davlat kasalxonasiga olib borilgan. Biroq, şifokorlarning urinişlariga qaramay uning hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan.
7 oy davom etgan tergov
Tergov doirasida kazino egasi Raşid Yasan qölga olingan. Tergov kengaytirilgaç, politsiya Emrah K., Akif D., K.K. va A.Ç. ham uşlagan. Gumonlanuvçilar Oydin Adliya binosiga olib borilgan. Raşid Yasan “ayolga qarşi qasddan odam öldiriş” aybi bilan, Akif D. esa kuzatuv kamerasi yozuvlarini öçirganlikda, Emrah K. esa jinoyatda işlatilgan qurolni yöq qilganlikda ayblanib hibsga olingan. Qolgan ikki şaxs sud nazorati şarti bilan ozod etilgan. Keyinçalik Emrah K. va Akif D. advokatlarining etirozidan söng vaqtinça ozod qilingan. Tergov davomida yana bir şaxs – Ibrohim Y. ham dalillarni yöq qilişga aloqador ekani aniqlangan.
Hodisa yuzasidan 40 nafar şaxsning körsatmalari olingaç, Raşid Yasan, Emrah K., Akif D. va Ibrohim Y.ga nisbatan ayblov xulosasi tuzilgan. Unda Raşid Yasan uçun oğirlaştirilgan umrbod qamoq, qolgan uç şaxs uçun esa 5 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi söralgan.
Kazino egasi öz körsatmasida M.A. öz joniga qasd qilganini aytgan. Unga köra, voqea kazinodagi xonada sodir bölgan. Yasan bayonotida M. Aliyevaga munosabatlari tugaganini aytgan. M. esa buni qabul qilmay, öz joniga qasd qilişini bildirgan va tortişuv paytida stol ustidagi qurolni olib, avval havoga söng öziga qarata öq uzgani aytilgan. Hodisaga yagona guvoh ham şunga öxşaş körsatma bergan.
Hodisadan söng Raşid Yasanning ahvoli yomonlaşib, qayt qilgani, Emrah K. va boşqalar tomonidan şifoxonaga olib ketilayotganda öziga kelib, “Qurol qayerda?” va “Yozuvlar nima böldi?”, deb söragani qayd etilgan. Emrah K. esa unga “Taşviş qilma, hammasi hal böladi, sen yaxşi bölsang bas”, degan. Prokuratura Yasanning hodisa öz joniga qasd bölgani haqidagi bayonotlarini javobgarlikdan qutiliş uçun berilgan deb baholagan. Şuningdek, hodisa yuz bergan xonada kamera bölmagani, Akif D. esa öşa paytga oid yozuvlarni öçirmaganini bildirgani qayd etilgan. Emrah K. yaşirgan deb taxmin qilingan qurolni keyinçalik prokuraturaga topşirgani ham hujjatda körsatilgan.