Ziyoratçilarni olib ketayotgan avtobus YTHga uçradi. Önlab qurbonlar bor
Bugun, 3 oktyabr kuni Keniyada Mombasa şahriga olib boruvçi avtomobil yölida bir neçta transport vositasi töqnaşişi oqibatida 17 kişi halok böldi. Qurbonlarning aksariyati ibodat qiliş uçun ziyoratgohga ketayotgan katolik ziyoratçilar bölgan. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Hodisa Salama hududida sodir bölgan. Mahalliy politsiyaga köra, yuk maşinasi haydovçisi boşqa yuk maşinasini quvib ötişga uringan, biroq buning uddasidan çiqa olmagan. Şundan söng, yuk maşinasi boşqa transport vositalari, jumladan, ziyoratçilar bölgan mikroavtobus bilan töqnaşgan.
YTH oqibatida mikroavtobus haydovçisi va undagi 16 yölovçi voqea joyida halok bölgan. Qurbonlarning aksariyati ayollar ekani aytilmoqda.
Mombasa katolik arxiyepiskopligi rahbari Martin Kivuvaning sözlariga köra, ziyoratçilar Keniya poytaxti Nayrobidan ğarbda joylaşgan Nakuru okrugidagi ibodat qilinadigan joyga ketayotgan bölgan.
Martin Kivuva halok bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, marhumlarning ruhlari orom topişi va ularning oilalari uçun duo qilişga çaqirgan.
Naşrga köra, Afrikada yöl-transport hodisalari jiddiy muammolardan biri bölib qolmoqda. Bunday avariyalarga köpinça texnik holati yomon transport vositalari, tezlikni oşiriş va yöllarning nosozligi sabab böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Vengriya şarqida 57 nafar ziyoratçini olib ketayotgan Polşa avtobusi yöldan çiqib ketib, ağdarilişi oqibatida 12 kişi halok bölgani hamda kamida 10 kişi oğir jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.